Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi
Tabiiy fanlarni o‘qitish huquqini
Download 183.5 Kb.
|
1.05.Kimyo reja 2023
Tabiiy fanlarni o‘qitish huquqini
berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursining ISHCHI O‘QUV REJASI
1.05. Kimyo (fanini o’qitishning boshlang’ich ma’lumotlari) KIRISH Ushbu ishchi o‘quv-reja va dasturi mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yoʼlida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari boʼlmish yoshlarni ijodiy gʼoyalari va ijodkorligini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning bilim, koʼnikma va malakalarini shakllantirish hamda ilgʼor xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yoʼlda xalqaro tajribalarni oʼrganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yoʼnalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6l08-son, “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur” 2022-yil ll-maydagi PF-l34-son Farmonlar va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son, “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 202l-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qarorlari, hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil l7-yanvardagi 25-son “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda Xalq ta’lim vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat ta’lim talablarini tasdiqlash to‘g‘risida” l2l-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyatning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olib, xalq ta’limi tizimi xodimlariga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqib, qayta tayyorlashning samarali usullarini joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan. Dastur doirasida berilayotgan mavzular xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash sifati va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan yangilangan malaka talablari va o‘quv rejasi asosida shakllantirilgan bo‘lib, tabiiy fanlar o‘qituvchilarining zamonaviy ta’lim texnologiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish, dars jarayonida loyihalash ishlarini tashkil qilish, tinglovchilarning kimyo fanidan boshlang’ich ma’lumotlarni o’qitilishi, ularning kasb mahorati va o‘quv-uslubiy faoliyatini sifatli tashkil etish bo‘yicha kompetentsiyalarini muntazam yuksaltirishni nazarda tutadi. Download 183.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling