Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi
Download 4.05 Mb.
|
1.05.majmua kimyo-2023
Kislotalarning hossalari. 1. Kislotalar metallarning aktivligiga qarab, metallar bilan turlicha reaktsiyaga kirishadi. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatorida vodoroddan oldin turgan metallar suyultirilgan kislotalar bilan reaktsiyaga kirishib, vodorod siqib chiqaradi.
Mg + 2HCl = MgCl2 + H2 2. Kislotalar asoslar bilan reaktsiyasiga kirishib (neytrallanish reaktsiyasi), tuz va suv hosil qiladi: H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2O 3. Kislotalar asosli oksidlar bilan reaktsiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi: H2SO4 + Na2O = Na2SO4 + H2O 4. Kislotalar tuzlar bilan reaktsiyaga kirishib, yangi tuz va suv hosil qiladi: H2SO4 + BaCl2 = BaSO4 + 2HCl 5. Kislorodli kislotalar qizdirilganda kislotali oksid va suvga ajraladi: H2SO4 = SO3 + H2O Tuzlar. Molekulasi metall atomi va kislota qoldig’idan iborat bo’lgan murakkab moddalarga tuzlar deyiladi. Tuzlar molekulasining tarkibiga qarab, 3 guruhga ajiratiladi 1 . Normal yoki o’rta tuzlar. 2. Nordon yoki kislotali tuzlar. 3 Asosli tuzlar Normal tuzlar kislota tarkibidagi vodorod atomlari metall atomlariga to’liq almashinish natijasida hosil bo’ladi. Ca(OH)2 +2HNO3 = Ca (NO3)2 +2H2O Kislota tarkibidagi vodorod atomlarini metall atomlari bilan qisman almashinishidan nordan tuzlar hosil bo’ladi. Bunday hol ishqor eritmasiga ortiqcha miqdorda kislota qo’shish natijasida sodir bo’ladi. NaOH +H2SO4 = NaHSO4 + H2O Molekulasi tarkibida metall va kislota qoldig’i ionlaridan va tashqari gidrooksid OH guruhi tutgan tuzlar asosli tuzlar deb aytiladi. Bunday tuzlar kislotaga ortiqcha asos qo’shish natijasida hosil bo’ladi. HCI + Ca(OH)2 =Ca(OH)CI +H2O Tuzlar qizdirilganda asosli va kislotali oksidlarga ajraladi: CaSO4 = CaO + SO3 Tuzlar asoslar bilan reaktsiyaga kirishib, yangi tuz va yangi asos hosil qiladi: CaCl2 + 2NaOH = Ca(OH)2 + 2NaCl Tuzlar o’zaro reaktsiyaga kirishib, yangi tuzlar hosil qiladi: AgNO3 + NaCl = AgCl + NaNO3 Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling