Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


Mavzu:ANORGANIK BIRIKMALARNING TURKUMLARI


Download 4.05 Mb.
bet119/137
Sana18.10.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1707863
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   137
Bog'liq
1.05.majmua kimyo-2023

Mavzu:ANORGANIK BIRIKMALARNING TURKUMLARI.
Nazariy ma’lumot


Oksidlar. Elementlarning kislorodli birikmalariga oksidlar deb ataladi. Oksidlar tarkibida kislorod hamma vaqt manfiy 2 valentlikni namoyon qiladi. Kimyoviy hossalari jihatidan barcha oksidlar tuz hosil qiladigan va tuz hosil qilmaydigan guruhlarga bo’linadi.
Tuz hosil qilmaydigan oksidlarga azot (I)- oksidi - N2O, azot (II)- oksidi - NO, uglerod (II)- oksidi - CO misol bo’ladi. Bu oksidlar kimyoviy jihatdan passiv bo’lganligi uchun tuz hosil qilmaydi. Qolgan ko’pgina oksidlar tuz hosil qilish hususiyatiga ega. Shuning uchun ham tuz hosil qiluvchi oksidlarni 3 guruhga bo’lib o’rganiladi.
Asosli oksidlar. Asosli oksidlarga I , II bosh guruh elementlari (berilliydan boshqa) hamda V,VI,VII guruhlardagi tipik metallarning quyi valentli oksidlari kiradi. Masalan: natriy oksidi - Na2O, kalsiy oksidi - CaO, hrom (II)- oksidi - CrO marganets (II)- oksidi - MnO, temir (II)- oksid - FeO lari asosli oksidlardir. Bu oksidlar suv bilan reaktsiyaga kirishib, metall gidroksidlarini hosil qiladi.
K2O  H2O  2KOH
CaO  H2O  Ca(OH)2
BaO  H2O  Ba(OH)2

Asosli oksidlar kislotalar bilan reaktsiyaga ko’rishganda tuz va suv hosil bo’ladi.


СаО + Н2SO4 = CaSO4 +H2O
MgO + 2HCI = MgCI2 +H2O
Asosli oksidlar tuzlar bilan reaktsiyaga kirishadi.
ВаО + Na2SO4 +H2O =BaSO4 +2NaOH
Ag2O +2KCI + H2O = 2AgCI +2KOH
Asosli oksidlar kislotali oksidlar bilan reaktsiyaga kirishib tuz hosil qiladi.
MgO + SO3 = MgSO4
CaO + CO2 =CaCO3
Kislotali oksidlar. Kislotali oksidlar deb metaloidlarning kislarod bilan hosil qilgan birikmalariga va yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan metallarning kislarodli birikmalarga aytiladi. Kislotali oksidlarga uglerod (IV) - oksidi CO2, oltingugurt (IV) -oksid SO2 , azot (V) -oksid N2O5 , fosfat (V) -oksid P2O5 , xlor (VII) -oksid Cl2O7 larni hamda marganets (VII) - oksid Mn2O7, xrom (VI) - oksid C7O3 lar misol bo’la oladi. Kislotali oksidlar suv bilan reaktsiyaga kirishib kislotalar hosil qiladi.
SO3 + H2O = H2SO4
Cl2O3 + H2O = 2 HClO
N2O5 + H2O = 2HNO3
Kislotali oksidlar ishqorlar bilan reaktsiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi.
CO + Ca (OH) = CaCO3 + H2O
SO2 + 2NaOH = Na2SO3 + H2O
Tuzlar bilan reaktsiyaga kirishib, yangi tuz hosil qilish.
CO2 + CaCl2 + H2O = CaCO3 + 2HCl

Kislotali oksidalar asosli oksidalr bilan reaktsiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi.


CO2 + BaO = BaCO3
CO2 + MgO = MgCO3

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling