Organik birikmalarning sinflari
Organik birikmalarning ko'pligi va xilma-xilligi, ularning tuzilishiga qarab sinflarga bo'lib o'rganishni talab etadi. Shuning uchun organik birikmalar uglerod atomlarining molekulada joylashishiga yoki ularning hosil qilgan skeletlariga ko'ra uchta asosiy sinfga bo'linadi.
1. Asiklik birikmalar. Alifatik yoki yog' qatori birikmalari. Bu sinfga uglerod atomlaridan tashkil topgan to'g'ri yoki tarmoqlangan zanjirli birikmalar kiradi:
Asiklik birikmalar to'yingan va to'yinmagan birikmalarga bo'linadi. To'yinmagan birikmalarda uglerod atomlari o'zaro qo'sh va uch bog'lar orqali birikkan bo'ladi:
2. Karbosiklik birikmalar. Bu sinfga uglerod atomlaridan tashkil topgan halqasimon (siklik) birikmalar kiradi va ular o'z navbatida ikkiga bo'linadi:
a) alitsiklik birikmalar:
b) aromatik birikmalar tarkibida C6H6 gruppa — benzol halqasi bo'ladi:
3. Geterosiklik birikmalar. Bu sinfga molekulasida ugleroddan boshqa element (kislorod, azot, oltingugurt va hokazo) atomlari ham bor halqasimon (siklik) birikmalar kiradi:
Organik birikmalarning kimyoviy xususiyatlari ularning tarkibiga kiruvchi atomlardan tashkil topgan gruppalarning xususiyatlariga bog'liq. Molekuladagi bu gruppalar funksional gruppalar deb ataladi. Masalan, modda molekulasida karboksil — COOH funksional gruppa bo'lsa, kislota, amino— NH2 funksional gruppa bo'lsa, asos xususiyatiga ega bo'ladi. Yuqoridagi uchta asosiy sinf birikmalarining bitta yoki bir nechta vodorod atomi tegishli funksional gruppaga almashinishi natijasida bu birikmalarning hosilalari — yangi sinf birikmalari olinadi. Masalan, galogenlar (F, CI, Br, J) ga o'rin almashinishidan galoidli birikmalar, gidroksil (OH) gruppaga almashinganda spirtlar, karboksil — COOH ga almashsa, karbon kislotalar hosil bo'ladi.
Uglevodorodlar organik birikmalarning genetik asosini tashkil etib, ulardagi bitta yoki bir necha vodorod atomlarini funksional gruppalarga o'rin almashinishi natijasida yangi organik birikmalar sinflari hosil bo'ladi (1-jadval).
1 -jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |