Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi
Fermentlarining faollik birligi va aniqlash usullari
Download 4.05 Mb.
|
1.05.majmua kimyo-2023
Fermentlarining faollik birligi va aniqlash usullari. Organ, to`qima va hujayralardagi fermentlar maxsus usullar qo`llanilgan xolda ekstraktsiya qilinadi. Ularni ajratib olishda fermentlarning faolligini saqlab qolish uchun mao’sus stabilizatorlardan foydalaniladi. Fermentli e`ritma (biologik materiallardan olingan e`kstrakt) fermentlarni aniqlash uchun ishlatiladi. Qon plazmasi yoki zardobi, boshqa biologik suyuqliklar fermentlarning tayyor e`ritmalari hisoblanadi, shu sababli ularni daro’ol aniqlash uchun foydalanish mumkin.
Fermentlarni sifat va miqdor jihatdan aniqlash uchun reaksiya muhitidagi substratning kamayishi yoki reaksiya mahsulotining hosil bo`lishini aniqlash yo`li bilan bilvosita o`lchanadi. Fermentlar miqdorini bevosita to`g`ridan-to`g`ri aniqlash faqat gomogen, ya`ni kristall fermentlardagina bo`lishi mumkin. Vaqt birligi ichida substratning kamayishi yoki reaksiya mahsulotining o`sish tezligi ferment faolligi deb aytiladi. Ferment faolligini aniqlash uchun standart sharoitlar. Ferment faolligini to`g`ri aniqlashga har bir ferment uchun belgilangan muayyan sharoitda va ma`lum bir vaqt oralig`ida subtrat miqdorining yoki reaksiya mahsuloti miqdorining o`zgarishini aniq o`lchash kerak bo`ladi: - aniqlanadigan ferment uchun o’timal RNK qiymatini nazorat qilish (mos keladigan buferdan foydalaniladi); - substrat miqdori to`yinish darajasidan ortiqroq bo`lishi kerak, bunday sharoitda reaksiyaning maksimal tezligini ushlab turishga e`rishish mumkin; - kofaktorlar talab e`tadigan murakkab fermentlar (metall ionlari, kofermentlar) uchun ham kofaktorlar miqdori to`yinish darajasidan yuqori bo`lishi kerak; - standart harorat 25° C bo`lishi kerak; Bunday standart sharoitlar reaksiyaning 0 ga teng ekanligini ta`minlaydi va bunda substrat yoki reaksiya mahsuloti miqdorining o`zgarishi faqatgina muhitga qo`sxiladigan ferment miqdoriga bog`liq bo`ladi. Ferment faolligini to`g`ri o`lchash uchun reaksiyaning boshlang`ich tezligini aniqlash kerak, chunki vaqt o`tishi bilan reaksiyani tormozlovchi mahsulotlarning hosil bo`lishi yoki qaytalama reaksiya sur`atining sezilarli darajada borishi natijasida fermentativ reaksiyaning tezligi ancha pasayadi. Substrat yoki reaksiya mahsuloti miqdorini aniqlash usullari. Bunday aniqlash uchun ma`lum bir vaqt o`tgandan so`ng reaksiya to’xtatilib yoki reaksiya borishi davomida qayd qilinib, kolorimetrik, spektrofotometrik, fluorimetrik, polyarografik usullarda olib boriladi. Ferment faolligi birliklari. Ko’pincha fermentlarning miqdori mutlaq kattaliklar, masalan mg larda yoki fermentlarning mollarida o`lchash mumkin bo`lmaganligi uchun shartli ferment birliklarida ifodalanadi. Halqaro bioo’imiklar ittifoqining “Fermentlar nomenklaturasi” kitobida fermentlarning struktura birligi (ME) deb substratning 1 mikromolini bir minutdagi (standart sharoitda) o`zgarishini katalizlovchi miqdori qabul qilingan e`di. Lekin, ME SI sistemasiga ko`ra nomlana olmaydi, chunki minut bu sistemada qabul qilingan emas. 1972 yil bioximiyaviy nomenklatura komissiyasi katal nomi bilan boshqa birlikni qabul qiladi. Katal (ramzi- kat) reaksiyaning 1 sekundda 1 molga teng sur`at bilan bajara oladigan katalitik faolligini ifodalaydi. Binobarin, 1 katalga teng faollik 1 mol./sek dir. U juda yuqori kattalik bo`lganligidan amaliy tadbiq uchun mikrokatal (mk kat), nanokatal (nkat) qo`llaniladi. Bu kattaliklar 1 sekundda mikromol, nanomollarga to`g`ri keladi. Qondagi fermentlarning faolligi SI sistemasiga muvofiq kattaliklarda ifodalanadi. Fermentning solishtirma faolligi 1 mg dagi birliklar soni standart sharoitlarda 1 mikromol substratni 1 minutda o`zgartirish qobiliyatiga ega bo`lgan ferment massasiga teng hamda mkmol/(min O’ mg oqsil) da ifodalanadi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling