Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi
Mavzu:ANORGANIK BIRIKMALARNING TURKUMLARI
Download 4.05 Mb.
|
1.05.majmua kimyo-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosli oksidlar.
- Kislotali oksidlar.
Mavzu:ANORGANIK BIRIKMALARNING TURKUMLARI.
Nazariy ma’lumot Oksidlar. Elementlarning kislorodli birikmalariga oksidlar deb ataladi. Oksidlar tarkibida kislorod hamma vaqt manfiy 2 valentlikni namoyon qiladi. Kimyoviy hossalari jihatidan barcha oksidlar tuz hosil qiladigan va tuz hosil qilmaydigan guruhlarga bo’linadi. Tuz hosil qilmaydigan oksidlarga azot (I)- oksidi - N2O, azot (II)- oksidi - NO, uglerod (II)- oksidi - CO misol bo’ladi. Bu oksidlar kimyoviy jihatdan passiv bo’lganligi uchun tuz hosil qilmaydi. Qolgan ko’pgina oksidlar tuz hosil qilish hususiyatiga ega. Shuning uchun ham tuz hosil qiluvchi oksidlarni 3 guruhga bo’lib o’rganiladi. Asosli oksidlar. Asosli oksidlarga I , II bosh guruh elementlari (berilliydan boshqa) hamda V,VI,VII guruhlardagi tipik metallarning quyi valentli oksidlari kiradi. Masalan: natriy oksidi - Na2O, kalsiy oksidi - CaO, hrom (II)- oksidi - CrO marganets (II)- oksidi - MnO, temir (II)- oksid - FeO lari asosli oksidlardir. Bu oksidlar suv bilan reaktsiyaga kirishib, metall gidroksidlarini hosil qiladi. K2O H2O 2KOH CaO H2O Ca(OH)2 BaO H2O Ba(OH)2 Asosli oksidlar kislotalar bilan reaktsiyaga ko’rishganda tuz va suv hosil bo’ladi. СаО + Н2SO4 = CaSO4 +H2O MgO + 2HCI = MgCI2 +H2O Asosli oksidlar tuzlar bilan reaktsiyaga kirishadi. ВаО + Na2SO4 +H2O =BaSO4 +2NaOH Ag2O +2KCI + H2O = 2AgCI +2KOH Asosli oksidlar kislotali oksidlar bilan reaktsiyaga kirishib tuz hosil qiladi. MgO + SO3 = MgSO4 CaO + CO2 =CaCO3 Kislotali oksidlar. Kislotali oksidlar deb metaloidlarning kislarod bilan hosil qilgan birikmalariga va yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan metallarning kislarodli birikmalarga aytiladi. Kislotali oksidlarga uglerod (IV) - oksidi CO2, oltingugurt (IV) -oksid SO2 , azot (V) -oksid N2O5 , fosfat (V) -oksid P2O5 , xlor (VII) -oksid Cl2O7 larni hamda marganets (VII) - oksid Mn2O7, xrom (VI) - oksid C7O3 lar misol bo’la oladi. Kislotali oksidlar suv bilan reaktsiyaga kirishib kislotalar hosil qiladi. SO3 + H2O = H2SO4 Cl2O3 + H2O = 2 HClO N2O5 + H2O = 2HNO3 Kislotali oksidlar ishqorlar bilan reaktsiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi. CO + Ca (OH) = CaCO3 + H2O SO2 + 2NaOH = Na2SO3 + H2O Tuzlar bilan reaktsiyaga kirishib, yangi tuz hosil qilish. CO2 + CaCl2 + H2O = CaCO3 + 2HCl Kislotali oksidalar asosli oksidalr bilan reaktsiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi. CO2 + BaO = BaCO3 CO2 + MgO = MgCO3 Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling