Nazorat uchun savollar:
1. Alkanlarning umumiy formulasi qanday?
2. Alkan molekulalari qanday shaklga ega? Buning sababi nima?
3. Kimyoviy tuzilishi har xil, lekin tarkibi bir xil bo‘lgan moddalar nima deyiladi?
4. Alkanlarga qaysi turdagi izomeriya xos? C6H14 alkan izomerlari formulalarini yozing
Alkanlarning nomenklaturasi va olinish usullari
Tarixiy nomenklatura. Organik birikmalarning ko‘plab kashf etilishi natijasida ko‘pchilik organik moddalarga trivial(empirik, tarixiy, tasodifiy)nomlar berilgan. Masalan, to‘yingan uglevodorodlarning birinchi to‘rtta vakiliga metan, etan, propan va butan deb nom berilgan. Pentandan boshlab alkanlarning nomiga molekula tarkibidagi uglerod atomi sonining grekcha nomiga (“penta”– 5, “geksa”– 6, “gepta”– 7, “okta”– 8, “nona”– 9, “deka”– 10) –anqo‘shimchasini qo‘shib hosil qilinadi. Masalan: pentan – C5H12 geksan– C6H14
Ratsional nomenklatura. XIX asrdan boshlab organik moddalarni nomlashda ratsional (lotincha “ratio”“fikrlash”, “idrok”) nomenklatura qo‘llanildi. Ushbu nomenklaturaga asosan barcha alkanlar metanning hosilasi deb qaraladi. Metan tarkibidagi vodorodlar o‘rniga radikallarning almashinishidan alkanlar hosil bo‘ladi.Ratsional nomenklatura bo‘yicha alkanlarni nomlashda eng ko‘p tarmoqlangan uglerodga metan markazi sifatida qaraladi va shu uglerodga bog‘langan radikallarning nomi va oxirida metan so‘zini aytish bilan modda nomi tugallanadi
Uglerod atomlarining turlari
Alkan molekulasidagi har bir uglerod atomi odatda H bilan bog‘langan boshqa uglerod atomlari soni bo‘yicha tasniflanadi. Uglerod atomlarining 4 turi mavjud:
• ikkilamchi – ikkita boshqa uglerod atomi bilan;
• uchlamchi – faqat uchta boshqa uglerod atomi bilan;
• to‘rtlamchi – to‘rtta uglerod atomiga bog‘langan bo‘ladi.
Masalan 2,2,4-trimetilpentan (izooktan)da:
Alkanlarning olinishi
Alkanlarning (shuningdek, boshqa uglevodorodlar kabi) asosiy manbai neft va tabiiy gaz bo’lib, ular odatda birga uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |