Aniq va tabiiy fanlar


Mahalliy hududda keng tarqalgan qishloq xo`jaligi ekinlarining agrotexnika jarayonlari


Download 4.28 Mb.
bet59/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Mahalliy hududda keng tarqalgan qishloq xo`jaligi ekinlarining agrotexnika jarayonlari


Bizning mahalliy hududda ya`ni, O’zbekiston Respublikasining fermer xo’jaliklarida asosiy qishloq xo’jaligi ekinlaridan biri bu paxta bo’lib, O’zbekiston Respublikasining ko’plab yer – maydonlarida uning chigiti ekiladi. G`o`za texnik ekinlar ichida eng qimmatli hisoblanadi. U asosan tolasi uchun o`stiriladi. Paxta tolasi juda keng miqyosda va turli xil maqsadlar uchun ishlatiladi. Paxta qimmatli o’simliklardan sanalib, uning cigiti erta bahorda Yerning temperaturasi 12-14 0C bo’lgandan so’ng, ya`ni 1-10 aprelda urug’ ekish mashinalari yordamida ekiladi.
G’o’za o’zining o’sish davrida 4 ta fazani boshidan kechiradi: 1-chi fazasi maysalar unib chiqqandan to birinchi chimbarg chiqarguncha. 2-chi fazasi chinbarg chiqargandan so’ng to shonalagancha. 3-chi fazasi shonalagandan to gullagancha. 4-chi fazasi gullagandan to ko’saklari pishib Yetilguncha. G’o’zaga mana shu davr ichida bir qancha ishlovlar berish kerak. Dastlab chimbarg chiqargach, uni har 15-20 sm ga yagona qilib chiqish kerak. Chunki, g’o’za yagona qilinmasa, u o’sib rivojlangach havo va oziq moddalarni yaxshi o’zlashtira olmaydi va hosildorligi pasayib ketadi. G’o’zani tez-tez begona o’tlardan tozalab turiladi. Chunki begona o’tlar tez ko’payib, paxtani o’sishiga halaqit beradi. Begona o’tlardan tozalangan g’o’zani osti o’simlik qator oralarida ishlov beruvchi mashinalar yordamida tez-tez yumshatib turiladi. Shunda g’o’zaning ildizlari havoni yaxshi o’tkazadi. Suv va oziq moddalarini tez o’zlashtiradi. G’o’zani o’sish davrida suvda va oziq moddalarga bo’lgan talabi ortib boradi. Ular suvni har qaysi fazasida har xil talab qiladi. Masalan: dastlabki o’suv davrida suvda talabi kamroq, gullash va ko’sak tugish davrida suvni va oziq moddalarni ko’proq talab qiladi. Hosil pishib
Tuproqning sifati va xossalari. Tuproqning xususiyati deganda uning suv o’tkazuvchanligi va bug’latishi, suvni uzoq muddat o’zida ushlab tura olishi, tuproqning isishi, issiqlikni o’tkazishi va uni tarqatishi hamda tuproqdagi havo almashinuvi tushuniladi. Tuproqning bu xususiyatlari ko’p jihatdan uning tuzilishi va tarkibiga bog’liq. Tuproqning donadorligi. Tuproqdagi chirindi moddalar uning mayda zarrachalarini yopishtirib donador holatga keltiradi. Tuproq zarrachalari suvda darhol ivib maydalanib shaklini yo’qotsa, ular tez zichlanadigan, havoni va suvni yaxshi o’tkazmaydigan bo’ladi. Bunday tuproqlarning unumdorligi past bo’ladi va o’simliklar yaxshi o’sa olmaydi. Shu sababli tuproq unumdorligini ta`minlash uchun uni donador holatga keltirish kerak. Kuchli yog’ingarchilik natijasida mayda zarrachali tuproqning yuza qatlamini qatqaloq bosadi. Ular tuproq namligi tez bug’lanishiga sabab bo’ladi.
Tuproqning donadorligi turli sabablarga ko’ra buzilib turadi. Donadorlikning buzilishiga qayta – qayta ekin ekilishi sabab bo’ladi. davrida suvni yana kamroq talab qiladi. G’o’zani o’sib, g’ovlab ketmasligi uchun uni o’suv nuqtasi chekanka qilinadi.G’o’zani chekanka qilishda uning tupidagi ko’saklar tez ochiladi va yaxshi Yetiladi. G’o’zaning ko’saklari yaxshi Yetilishi uchun ularga organik va mineral o’g’itlar berib turadilar, o’g’itlar g’o’za poyasini baquvvat qiladi, barglarini to’q yashil tusga keltiradi va hosildorligini yuqori qiladi. Paxta hosili pishib Yetilgach uni 2 xil usulda terib olinadi.

  1. Qo’l mehnati yordamida.

  2. Paxta terish mashinasi yordamida.

Paxtalar terib olingach, Yer keyingi yil hosili uchun shudgor qilib tekislab qo’yiladi.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling