Aniq va tabiiy fanlar


Tuproqning hosildorligini aniqlash


Download 4.28 Mb.
bet60/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Tuproqning hosildorligini aniqlash.


  1. Tuproq tarkibini elash usuli bilan aniqlash.

Kerakli jihozlar: teshiklari har xil tuproq namunalari, tosh-tarozi.
Har xil tuproqlardan tarozida 100 grammdan tortib olinadi va ularni teshiklari har xil kattalikdagi eng ustiga yirik, so’ng mayda teshikligi ustma-ust qo’yilgan elaklarga solinadi va ular elanib ajratiladi.
Birinchi elakda eng yirik, ikkinchi elakda undan maydaroq, uchinchisida esa qum vachang zarrachalari ayriladi.
Birinchi va ikkinchi elakdagi tuproqlarni taroziga tortib, uning og’irligini daftaringizga yozib qo’ying. Qum bilan changni bir-biridan ajratish uchun stakandagi suvga oxirgi elakdagi tuproqni solib, yaxshilab aralashtiring va uni tindiring. Stakan ostiga qum cho’kadi, so’ng loyqa va eng ustiga suv ajralib chiqadi.

  1. Har xil mexanik tarkibli tuproqlarni aniqlash.

Kerakli jihozlar: soz qumloq, qumloq va qumli tuproqlar, lupa.

  1. Tuproq tarkibidagi chiqindini kuydirish yo’li bilan aniqlash.

Kerakli jihozlar: tuproq namunalari, spirt, sim to’r, chinni kosa. Chinni kosachaga bir osh qoshiq tuproq solib shtativning sim to’ri ustiga joylashtiring va spirt lampaga qizdiring. Bunda siz nimani kuzatasiz?
Tuproqdagi o’simlik, hayvon qoldiqlari va chiqindi moddalar kuyib tutay boshlaydi.
Tuproq avval sarg’ayadi so’ng oqaradi.

  1. Tuproqning suv o’tkazuvchanligini aniqlash.

Kerakli jihozlar: Shtativ, uzunligi 12-16 sm, diametri 2-3 sm keladigan uchta shisha tsilindr, filtr qog’oz, doka va har xil tuproq namunalari.
Uchta tsilindrning har biriga 80-10 sm qalinlikda birinchisiga yirik zarrachali, ikkinchisiga qumli va uchinchisiga changli tuproq solib ularni shtativga o’rnating. Hammasiga bir vaqtda suv qo’ying va suvning tuproq orqali o’tishini kuzating. Qaysi idishdagi suv tez o’tib ketsa, uning o’tkazuvchanligi yaxshi hisoblanadi. Yirik zarrachali tuproqlardan suv tez, changli tuproqlardan esa sekin o’tadi.



Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling