Aniq va tabiiy fanlar


Download 4.28 Mb.
bet63/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Yerga ishlov beruvchi mashinalar va qurollar. O’simliklarning yaxshi o’sishi, rivojlanishi va hosildorligining oshishida qator oralariga ishlov berish muhim ahamiyatga ega. O’simlik qator oralari kultivatorlar yordamida ishlanadi. Odatda chopiq talab o’simliklar qator oralariga universal kultivator va kultivator – o’g`itlagich bilan ishlov beriladi. Bunda o’simlik qator oralariga universal kultivatorda ishlov beriladi. Kultivatorda ramalar (oldingi o’ng, chap, orqa ramalari) ish organlari tayanch g`ildiraklar va o’g`itlagich mexanizmlari bo’ladi. O’simlik qator oralarini ishlashda ekinlarga shikast etkazmasligi uchun kultivatorning ish organlari qatorlardan ma’lum masofada joylashtiriladi. O’simlik qatorlari o’rtasidan ish organlarigacha bo’lgan masofa muhofaza zonasi deyiladi.
O’simlik qator oralarini ishlashda kultivator ish organlarining belgilangan chuqurlikda bo’lishi va maydalangan tuproq tekis yotishi kerak. Kultivator bilan ishlaganda uning ish organlari tuproqning namli qatlamini yuqorida olib chiqmasligi, begona o’tlar to’liq kesilishi, ekinlar shikastlanmaganligi va tuproqda ko’milmasligi lozim.
Kultivatordan ekinlarga mineral o’g`itlar berish va sug`orish egatlarini ochishda ham foydalanish mumkin. O’g`itlarni ko’muvchi ish organlarini joylashtirish o’simlikning rivojlanish darajasiga qarab belgilanadi. Dastlabki o’g`itlashda o’g`itlar o’simliklar qatoridan 15-28 sm, keyingi oziqlantirishda esa 20-22 sm qochirib beriladi. O’simlikni sug`orish uchun egatlar kultivator yordamida ochiladi. Buning uchun egatchalar bir xil chuqurlikda toklanadi. Kultivatorning ish organlari traktorning old qismdagi va keyingi g`ildirakning orqa qismdagi ramada o’rnatiladi.
O’simlik qator oralarini ishlashda kultivator organlari bilan birga rotastion ish organlarini ishlashda kultivator organlari bilan birga ham ishlatiladi. O’g`itlarni to’kuvchi ish organlarining darajasiga qarab belgilanadi.


Nazorat savollari:


  1. Bajaradigan ishlari turiga qarab qishloq xo’jalik mashinalarini qanday asosiy guruhlarga ajratiladi?

  2. O’simliklar qanday mashinalar yordamida parvarishlanadi?

  3. O’simliklar hosili nimalar yordamida yig’ib olinadi?




Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling