Aniqlash. Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlash. Elektr jihozlarni sinash usullari
Sinov usullari va normal izolyatsiyaning qarshiligi; oʻta yuqori chastota
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
M A-2 (1)
12. Sinov usullari va normal izolyatsiyaning qarshiligi; oʻta yuqori chastota
aylanishiga va qizib ketishiga chidamliligi. Izolyatsiya holatini baholash kriteriyalari. Elektr mashinani nominal aylanish chastotasini oʻzgartirish uchun uni uchlaridagi nominal kuchlanishi bilan yuklamasini nominal qiymatidan nol (0) qiymatigacha, yuklamasini nol qiymatga tushirib boʻlmaydigan motorlar uchun 0,25 nominal qiymatgacha tushirib oʻzgartiriladi. ∆n-aylanish chastotasini nominal qiymati 20% dan oshmasligi kerak. Bu qiymatni chegaralanganligi elektr mashinasiga qoʻyilgan mexanik mustaxkamlika bogʻlik. Elektr mashinani mexanik mustaxkamligi yuqori aylanish chastotasida sinov ishlarini oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi. Ushbu usulda elektr mashinani aylanish chastotasini texnik shartida koʻrsatilgan yuqori qiymatigacha koʻtariladi va 2 minutdan kam boʻlmagan vaqt ichida yuqori aylanish chastotasi bilan shikastlanmasdan ishlagan elektr mashina sinovdan oʻtgan xisoblanadi. Sinov davrida aylanish chastotasi asta-sekinlik bilan oʻzgartiriladi. Elektr mashinani qizib ketishga chidamliligiga sinov yuklamani 60, 75, 90 va 100% nominal qiymatlarida oʻtkaziladi. Xatoliklardan xoli boʻlish, energiya ta’minotidagi uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik va izolyatsini tez eskirishini oldini olish maqsadida sinov davrida kerakli rejim 5-6 soat davomida oʻzgarmasdan saqlangadan soʻngi oʻlchov qiymatlari olinadi. Koʻrsatilgan vaqt davomida statorni va rotorni toki, tashqi sovutish temperaturasi oʻzgarmasligi kerak. Barcha elektr jihozlar ekspluatatsiya davrida koʻrikdan oʻtkaziladi. Elektr jihoz koʻrikdan oldin changdan, garddan, moydan, zangdan tozalanadi. Koʻrik davrida elektr jihozni korroziyaga uchramaganligi, korpusini, magnit choʻlgʻomini, ulanish joylarini, kontakt ulamalarini, bosh va choʻlgʻomlar aro izolyatsiyasini mexanik ziyon koʻrmaganligiga etibor qaratiladi. SHuningdek koʻrik davrida elektr jihozni loyixaga va texnik talablarga mosligi aniqlanadi. Tashqi koʻrik davrida aniqlangan kamchiliklar elektr jihozni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarga chora koʻrish va kamchiliklarni bartaraf etish uchun taqdim etiladi. Elektr jihozlarda tekshiruv va sinov ishlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻngina qayta sinov oʻtkaziladi. Elektr mashinalarda sinash ishlari «Elektr uskunalarni sinash me’yorlari» raxbariy xujjat talablari asosida olib boriladi. Elektr mashinalarni ekspluatatsiya qilish jarayonida sifat koʻrsatkichlarini yomonlashishini tezroq aniqlash va buning oqibatida uni ishdan chiqishini oldini olish maqsadida profilaktik sinovlar oʻtkaziladi. Elektr mashinalarni qabul qilishga va ishga tushirishga xulosa sinov natijalari, qurilmani kompleks tekshiruv va ikkilamchi qurilmalarni sozlash ishlari natijalariga qarab beriladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling