Aniqlash. Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlash. Elektr jihozlarni sinash usullari
Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlaydigan xozirgi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
M A-2 (1)
9. Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlaydigan xozirgi
zamon nazorat usullari. Transformator moyini namligi xromotografik taxlil yoʻli bilan aniqlanadi. Xromotografik taxlil deyilganda moyni tarkibidagi 7 xil erigan yonuvchan gazlar va suv borligi oʻrganiladi. Transformator moyini quritish 400 o S temperaturagacha qizdirilib quritilgan va maxsus idishlarga solingan ximyaviy elementlar selikagel va tseolitdan nasos yordamida moyni oʻtkazish yuli bilan amalga oshiriladi. Tolali izolyatsion materiallarni izolyatsiyasini holatiga baho berishni xozirgi zamon usullaridan biri “sig’im - vaqt” usuli boʻlib YeV-3 asbobi yordamida amalga oshiriladi. Ushbu usul bilan izolyatsiyani sigʻimi zaryadlanadi va tezlik bilan razryadlanadi (ya’ni zaryadlanish tugallanishi bilan choʻlgʻom qisqa tutashtiriladi) va ikkinchi martasida zaryadlanish tugaganidan soʻng sekinlik bilan razryadlanadi (zaryadlanish tugalangandan soʻng 1 sekund oʻtib choʻlgʻom qisqa tutashtiriladi). Birinchi xolatda S- izolyatsion materialni sigʻim aniqlanadi, ikkinchi xolatda ∆S- absorbitsion sigʻim xisobiga sigʻimni ortishi aniqlanadi. Sigʻimni ortishi izolyatsiyasi nam choʻlgʻomli transformatorda 1 sekund ichida paydo boʻlishga ulgiradi. CHoʻlgʻomi quruq transformatorda esa u sezilarli emas. ∆S =[ (0,02-0,08) S] CHoʻlgʻomi nam transformatorda ∆S vl >> 0,1 S ∆S/S-sigʻim nisbati transformator choʻlgʻomini namlik darajasini aniqlab beradi. Izolyatsiyani xolatiga baho berishni sigʻimli usuli tolali izolyatsion materiallarni A-sinfiga ta’luqllidir,chunki qutublanish namlikka bogʻliq. Koʻp oʻramli V-sinfiga mansub izolyatsion materiallarda qutublanishni paydo boʻlishi quruq izolyatsiyada xam koʻprok, shuning uchun sigʻim usulini qoʻllash effektiv emas. Sinovlarni olib borishda transformator moyini xususiyati ∆S/S-sigʻim oʻlchov natijalariga ta’sir etadi. Buning natijasida choʻlgʻom izolyatsiyasi quruq transformatorni ∆S/S qiymati +20 o S da tarqoqroq boʻlib 25-70 % oʻrtaligida boʻladi. Transformatorlar choʻlgʻomlarini namligini aniklash uchun “sigʻim – temperatura” usuli xam qoʻllaniladi. Ushbu usul xar xil temperaturalardagi choʻlgʻom sigʻim kattaligini solishtirishga asoslangan.Temperaturalar oʻrtasidagi farq +50 o S boʻlishi va pasti +20 o S dan kam boʻlmasligi kerak. Usul quyidagilarga asoslangan ya’ni quruq izolyatsiyani sigʻimi qizish natijasida kam oʻzgaradi, nam izolyatsiyada esa 5-10 % dan kam boʻlmagan xolda oʻzgaradi. S iss /S sov ≤ 1,05-1,1 izolyatsiyasi quruq transformatorlarda S iss /S sov ≥ 1,05-1,1 izolyatsiyasi nam transformatorlarda S iss -choʻlgʻomni issiq xolatdagi sigʻimi S sov -choʻlgʻomni sovuq xolatdagi sigʻimi Tolali izolyatsion materiallarni A-sinfiga mansublarini izolyatsiyasini holatiga baho berishni “sig’im - chastotali” usul bilan xam aniqlanadi. Ushbu usulda choʻlgʻom izolyatsiya sig’imi 2 va 50 Gts li chastotalarda oʻlchanadi. S 50 - choʻlgʻom izolyatsiya sig’imini (50 Gts li chastotada) oʻlchanaganda geometrik sig’im aniqlanadi va u quruq va nam izolyatsiyalarda bir xil boʻladi. S 2 - choʻlg’om izolyatsiya sigʻimini (2 Gts li chastotada) oʻlchanaganda nam izolyatsiyani absorbitsion sigʻimi koʻrinadi va quruq izolyatsiyada uni qiymati kichik va juda sekinlik bilan zaryadlanadi. SHuning uchun quruq izolyatsiyada S 2 /S 50 nisbat 1 ga yaqin, nam izolyatsiyada esa 1 dan katta (xsusan 1,2-1,3 ga teng). Ushbu usul bilan oʻlchov PKV-13 asbobi yordamida olib boriladi, izolyatsiya qarshiligi 15 mOm dan kichik boʻlgan namunalarda sinov ishlari olib borilganida asbob notoʻg’ri koʻrsatkichlarni berishi mumkin. Bu tekshiruvlar davrida xisobga olinadi. Bundan tashqari ishlab chiqaruvchi zavod sig’imni S 2 - 1 000-100 000 pF; S 50 -1 000-50 000 pF; qiymatlarida sinovni toʻg’riligiga kafolat beradi V-sinfga mansub izolyatsion materiallarni izolyatsiya xolatiga baho berishda xozirgi vaqtda izolyatsiyaga toʻgʻrilangan kuchlanishni xar xil qiymatlari berilib oʻtuvchan tok qiymati muvoffaqiyatli aniqlanmoqda yoki xarakteristikalari olinmoqda. I oʻt = ƒ (U toʻg’ ) I oʻt -oʻtuvchan tok U toʻg’ –izolyatsiyaga qoʻyilayotgan toʻgʻrilangan kuchlanish Oʻtuvchan tok I oʻt ni choʻlgʻomga berilgan toʻgʻrilangan kuchlanish qiymatiga bog’lik oʻzgarish sxemasi quyidagicha: 1- Namlangan izolyatsiyadagi 2- Quritilgan izolyatsiyadagi U nom -kuchlanish qiymatida ionizatsiyani boshlanishi va kuchli ortib borishi Namlangan izolyatsiyali mashinani xarakteristikasida oʻtuvchan tok izolyatsiyaga qoʻyilgan toʻgʻrilangan kuchlanishga nochiziqli bogʻlangan. Izolyatsiyaga qoʻyilgan toʻgʻrilangan kuchlanish qancha katta boʻlsa nochiziqlilik shuncha katta. Namlangan izolyatsiyada nochiziqlilik unda ma’lum kuchlanishlarda ionizatsiya jarayonlarini boshlanishi va birdan kuchayishi buning natijasida oʻtuvchan tokni ortishi koʻzga tashlanadi. Nochiziqlilik koeffitsienti- K nelin izolyatsiyaning namlanganlik kriteriyasi boʻlib xizmat qiladi. K nelin -bu izolyatsiya qarshiligini R iz dan oqib oʻtayotgan oʻzgarmas tok qiymatiga nisbatidir. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling