Aniqlash. Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlash. Elektr jihozlarni sinash usullari
Transformator moyining va qattiq izolyatsiyasini namligini aniqlash
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
M A-2 (1)
8. Transformator moyining va qattiq izolyatsiyasini namligini aniqlash.
Transformator moyini sinovlarini transformator bakidan va yuqori kuchlanish kirishlaridan sinov uchun olingan moy namunalarida oʻtkaziladi. Transformator moyi sinovlarini xajmiga moyni elektr mustaxkamligi U pr ni va dielektrik yoʻqotuvchanlik burchagi tg δ ni aniqlash kiradi. Suyuuq dielektrik izolyatsion material sinalayotganda undan sinov uchun namuna (proba) olinadi. U pr -teshib oʻtish kuchlanishini aniqlash quyidagicha maxsus yacheyka – idishda bajariladi. 1-sinov olib borish idishi 2-elektrodlar Idish sinalayotgan izolyatsion materialga ta’sir etmasligi, erimasligi kerak. SHuning uchun idish shisha, plastmassa yoki kvartsdan tayyorlangan boʻladi. Elektrodlar yarim sferik yuzali 25 mm radiusli boʻlib latundan tayyorlanadi va idishni ostki qismiga parallel bir oʻqda yotgan xolda idish yon devorlariga maxkamlangan boʻladi. Elektrodlar orasidagi masofa (2,5±0,05) mm dan, elektrodni sinalayotgan dielektrik suyuqlikka botishi 40 mm dan, elektrodni yuqori qismidan idishni devorlarigacha boʻlgan masofa 12 mm dan kam boʻlmasligi kerak. Yacheyka-idishni konstruktsiyasi uni oson qisimlarga ajratish va elektrodlarni chiqarib tozalash, yuzasini tekislashga moslashgan boʻlishi kerak. Sinov oldidan quriq va toza yacheyka-idishni sinalayotgan dielektrik suyuqlik bilan chayib tashlanadi, soʻngra U pr -teshib oʻtish kuchlanishini aniqlash uchun sinalayotgan suyuq dielektrik bilan toʻldirilib ustki qopqogʻi yopiladi. Idish devorlarida xavo pufakchalari paydo boʻlib qolmasligi uchun suyuqlikni asta- sekinlik bilan quyiladi. U pr -teshib oʻtish kuchlanishini aniqlash uchun sinov 6 martadan kam boʻlmagan xolda oʻtkaziladi. Yopishqoqlik (вязкоць) 50 * 10 -6 m 2 /sek dan kam suyuq dielektriklar uchun sinov bir marotaba toʻldirilgan suyuqlik bilan oʻtkazilsa, yopishqoqlik 50 * 10 -6 m 2 /sek dan katta suyuq dielektriklar uchun xar bir sinovdan soʻng suyuqlik toʻkib tashlanib yacheyka –idish qayta yangi suyuqlik bilan toʻldiriladi. Suyuq dielektriklarni elektr mustaxkamligi AMI-60, AII-70, AMI-80 maxsus apparatlari yordamida aniqlanadi. Suyuq dielektriklarni sinov vaqtidagi elektr mustaxkamligini ushbu apparatlarda oʻrnatilgan kilovoltmetr koʻrsatgichidan aniqlanadi. Natijaviy xulosa uchun 6 ta sinov natijalarini birinchisini xisobga olmagan xolda oʻrtacha arifmetik qiymati olinadi. Toza va quruq transformator moyini davlat standarti boʻyicha ekspluatatsiya qilinayotgan elektr qurilmaga quyilgandan soʻngi eng kichik teshib oʻtish kuchlanishini qiymatlari kV da: Elektr qurilmalar Teshib oʻtish kuchlanishi 15 kV gacha 25 kV 15 kV dan 35 kV gacha 30 kV 60 kV dan 220 kV gacha 40 kV dan kam boʻlmasligi kerak 330kV dan 500 kV gacha 50 kV dan kam boʻlmasligi kerak Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling