Aniqlash. Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlash. Elektr jihozlarni sinash usullari


 Izolyatsiyadagi nuqsonlarning asosiy turlari


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana19.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1621179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
M A-2 (1)

2. Izolyatsiyadagi nuqsonlarning asosiy turlari. 
Izolyatsiyani 
profilaktikasi 
deyilganda 
ekspluatatsiya 
jarayonida 
izolyatsiyaning ishonchli ishlashini ta’minlaydigan tadbirlar sistemasiga aytiladi. 


Bu tadbirlar avvola izolyatsiyaning ishlashi uchun normal sharoitni yaratish (oʻta 
qizishni bartaraf etish, xamda namlanish, xullanish va changlanishdan ximoya 
qilish, shikastlanishdan muxofoza qilish kerak). Lekin izolyatsiyaning normal 
ishlash sharoitida xam dielektrikning eskirishi xisobiga xar xil defektlarning paydo 
boʻlishidan izolyatsiya- sining elektr mustaxkamligini asta sekin yoʻqota 
boshlaydi. Bu defektlar asta sekin rivojlanib borib teshilish kuchlanishini 
shunchalik pasaytiradiki natijada izolyatsiya oʻta kuchlanishga emas balki ishchi 
kuchlanishga xam chidamaydi. SHuning uchun dielektriklarning elektr 
mustaxkamligi vaqti vaqti bilan davriy ravishda joriy ta’mirlash paytida tiklanib 
turadi. Koʻpincha izolyatsiyadagi defektni xar doim xam ilgʻab boʻlmaydi, shuning 
uchun ularni topish ma’lum maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida olib boriladi va 
unga izolyatsiyaning profilaktikasi deyiladi. Izolyatsiyani toʻgʻri ekspluatatsiya 
qilish uchun uni davriy ravishda nafaqat joriy ta’mirlash vaqtida balki ishlash 
davrida olib boriladi. 
Elektr sistema izolyatsiyalarini ekspluatatsiya qilishda profilaktik sinash 
quyidagi elementlarda bajariladi: 
1.Aylanuvchi elektr mashinalari izolyatsiyasini xususiy razryadlanishga sinash; 
2.Osuluvchan, oʻtuvchan va tayanch izolyatorlarini profilaktik sinash; 
3 Transformatorlar izolyatsiyasini proflaktik sinash; 
4. Qovushqoq moy singdirilgan kabellarni profilaktik sinash.
Xar turdagi izolyatsiyaga ma’lum bir turdagi defektlar xos, ularning 
fizikaviy xosasini va ularning paydo boʻlish sabalarini oʻrganish izolyatsiyani 
profilaktik qilishning masalariga kiradi. Bu bir tomondan izolyatsiyani toʻgʻri 
ishlatishni tashkil qilishga imkon bersa, ikkinchi tomondan profilaktik sinashning 
usullarini ishlab chiqishga imkon beradi. 
Izolyatsiyada kuzatiladigan defektlarning turli tumanligiga qaramay ularni 
ikki gruxga boʻlish mumkin: a) maxaliy defekt; b) tarqalgan defektlar. Maxaliy 
defektlar dielektrikning ma’lum bir qismida paydo boʻladi. Misol chini izolyator 
qolpogʻining tagida mexanik yuk ta’sirida paydo boʻladigan yoriqlar. CHunki bu 
yoriqlar izolyatorning mexanik mustaxkamligini pasaytirib qolmasdan uning 
teshilish kuchlanishini xam pasaytiradi. 
Tarqalgan defektlar esa dielektrikning butun xajmini egalaydi yoki uning 
anchagini qismini egalaydi. Misol koʻp qatlamni izolyatsiyaning (elektr mashinalar 
izolyatsiyasining) tashqi namlikni yutish xisobiga xoʻllanishi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling