Aniqlash. Transformatorlarni ichki izolyatsiyasini holatini aniqlash. Elektr jihozlarni sinash usullari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
M A-2 (1)
3. Profilaktika sinovlarini hajmi.
Sinov ishlari tashkiliy va texnik tadbirlar bajarilgan xolda ximoya vositalaridan foydalanib bajariladi. Dielektrikning xolatining yomonlashishini uning dielektrik isrof burchagini (tgδ) ni oʻlchash orqali aniqlanadi, chunki bu isrof dielektrikning sifatini belgilaydi. Toza dielektriklarda bu isrof juda kichik, lekin dielektriklarda ifloslanish va xoʻllanish xisobiga bu anchagina oshadi. Dielektrikning eskirishi esa uning kimyoviy yemirilishiga va dielektrik isrofning oshishiga olib keladi. Dielektrik isrof burchagini xisoblash profilaktik sinashning asosiy usullaridan xisoblanadi, lekin u takomilashgan usul xisoblanmaydi. CHunki dielektrikning kichik xajdagi tarqalgan defektni aniqlashda katta xotolikga yoʻl quyishi mumkin. SHuning uchun maxaliy defektlarni aniqlashda maxsus usullarni qoʻllash tavsiya etiladi. Lekin shuni takidlash lozimki ba’zi xollarda dielektrikdagi maxaliy defektlarni bu usullar bilan xam topib boʻlmaydi, misol uchun dielektrikda xususiy teshilishi natijasida teshilgan joyda oʻtkazuvchan qatlam xosil boʻldi. Bunday defekt teshilish kuchlanishining juda katta qiymatga pasayishiga olib keladi va u ancha oshirilgan kuchlanishni qoʻyish orqali sinaladi. Demak izolyatsiyani profilaktik sinashning bir qancha usullari mavjud. SHuning uchun xar bir izolyatsiga munosib boʻlgan defektlarni profilaktik tekshirish uchun bir qancha usullar gruxini qoʻllash tavsiya etiladi. Bundan tashqari profilaktik sinashning quyidagi usullari xam mavjud: 1. Singish tokiga boʻlgan qarshiliqni oʻlchash; 2. Dielektrikni rengen nuri bilan yoritish; 3. Dielektrik boʻylab kuchlanishning taqsimlanishini oʻlchash; 4. Oshirigan kuchlanish usuli. Yuqori kuchlanish bilan sinov ishlarini oʻtkazish uchun ish joyi tayyorlashda oʻlchov asboblari va sinov oʻtkazilayotgan qurilmani shunday joylashtirish keraki xizmat koʻrsatayotgan xodimlarga mos va xavfsizligi ta’minlansin. Yuqori kuchlanish bilan sinov ishlarini oʻtkazishda asosiy e’tiborni sinov ishlari tugalangandan soʻng sinov oʻtkazilayotgan qurilmadagi qoldiq zaryadni razryadlashga qaratilishi kerak. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling