Aniqlash usullari
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
UMUMIY XULOSALAR
Tabiatdagi, radonning uchta (radon – 222Rn, T1/2=3,82 kun; toron – 220Rn, T1/2=55,6 sek va niton – 119Rn, T1/2=3,96 sek) izotoplari orasida odamlarning kundalik hayotida eng muhimi va ko‘proq ta’sir ko‘rsatadigani – 222Rn hisoblanadi. Radon-222 yarim yashash davri boshqa izotoplariga nisbatan juda katta bo‘lganligi sababli uning diffuzion va konveksion o‘tish masofasi ham yuqori. Radon gazini atrof-muxitta tarqatuvchi manba-geologik va tabiiy ob’ektlar: tog‘ jinslari, shag‘al, tuproq, qum, granit, tosh va qurilishda ishlatiladigan tabiiy materiallardir. Radon va toron gazlarining havodagi hajmiy aktivligi ona radionuklidlariga bog‘liq bo‘lib, 226Ra va 232Th mineral toshlar tarkibidagi solishtirma aktivligi mos ravishda 175-2500 Bk/kg va 20—400 Bk/kg orasida o‘zgarib turishi mumkin. Radon gazining tabiiy materiallardan chiqish yoki emanatsiya koeffitsienti 5-40% ni tashkil qiladi. Qattiq jismni tashkil qiluvchi donachalar o‘lchami kichik bo‘lib, uning g‘ovakligi katta bo‘lsa, materialning radon emanatsiyasi ham yuqori bo‘ladi. Moddaning g‘ovakligi uning zichligiga uzviy bog‘liq bo‘lib, uning to‘la hajmining 25-40% ni tashkil qilishi mumkin. Radon mikdorining joylardagi o‘zgarishi, bo‘lajak tabiiy ofatning darakchisi bo‘lib, u zilzila yoki vulqon otilishi tarzida namoyon bo‘lishi mumkin. Er osti tebranishlari ko‘p takrorlanib turadigan zonalardagi radon variatsiyasi o‘zgarishlarini kuzatib borish natijasida shu narsa aniqlandiki, zilzila vaqtida tebranish markazidan keng diapazon chastotada va katta kuchlanishga ega magnit maydonlari yoki «magnit bo‘ronlari» butun er sferasi bo‘ylab tarqab, o‘z yo‘lida va joylarda «radon bo‘ronlarini» vujudga keltirishi mumkin. Dengiz va quruqlik sathidagi radon hajmiy aktivligi mos ravishda 0,02-5,5 Bk/m3 va 0,3-18 Bk/m3 diapazonda aniqlangan. Atmosfera havosidagi radonning o‘rtacha aktivligi ~ 9 Bk/m3 ga teng. Evropa, Amerika va Osiyo mamlakatlari uylaridagi radonning maksimal qiymati mos ravishda quyidagilarni tashkil qilgan: -376 Bk/m3 (Italiya), -1600 (Angliya), -3500 (Belьgiya), -4000 (Sloveniya) va -20000 (SHvetsiya); -1200 (AQSH), -1590 (Meksika), -310 (Braziliya); -1532 (Iordaniya); -1600 (O‘zbekiston) va -635 (Hindiston). Dunyo mamlakatlari uylaridagi radonning o‘rtacha aktivligi -40 Bk/m3 tashkil qiladi. Xonadonlardagi radon miqdori asosan kunning o‘zgarishiga, yil fasliga, geologik muhitga va geografik joylashishga bog‘liqligi tajribalarda tasdiqlangan. Ammo, ba’zi mahalliy bir qavatli paxsa uylardagi radonning hajmiy aktivligi yil fasliga bog‘liq bo‘lmaydi. Evropa, qisman Amerika va Osiyo davlatlaridagi uylar va binolarning xavosidagi radon hajmiy aktivligi, ichimlik suvdagi radon konsentratsiyasi uchun chegara qiymati qabul qilingan. Qabul kilingan chegara qiymati har bir davlatda individual tarzda hal qilingan bo‘lib, foydalanishdaga uy va binolar uchun radonning chegara qiymati 20-800 Bk/m3 intervalda bo‘lsa, ichimlik suvi uchun esa 60-300 Bk/l oralig‘ida yotadi. Qurilish materiallarining foydalanishga yarokligini baholash uchun aktivlik indeksi kattaligi (I) qabul qilingan. Uning chegara qiymati har bir davlat uchun individual qabul qilingan bo‘lib, I > 1 bo‘lsa, material kurilish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Radon xavfli maydonlar va materiallarning potensiali radon eksxalyasiya tezligining qiymati bilan aniqlanadi. Jismlarning radon eksxalyasiya tezligi laboratoriya sharoitida quyidagi intervallarda aniqlandi: tog‘ jinslari - 2,9-42,3; granit-0,8-2,1; qum -0,2-1,2;ssement- 0,03-0,75; temir-beton-0,14-0,97; g‘isht-0,042-0,17; kesak-0,16-1,95; devor-0,08-0,22; tuproq - 0,09-14,0 Bk/m2∙st. Tuproqning radon eksxalyasiya tezligi dala sharoitida aniqlanganda - 7,3-750 va 16200 Bk/m2∙st ni tashkil qilgan. Radon oqimi tezligi bilan muhit bosimi o‘rtasidagi fizik bog‘liqlikni aniqlashda, Rossiya, YAponiya va Sloveniya mualliflari o‘rtasida qarshi fikrlar mavjud. Rossiya mualliflari muxit bosimining tuprokdagi radon eksxalyasiya tezligiga ta’siri yo‘q, degan xulosaga kelishgan. YAponiya va Sloveniya mualliflari muhit bosimi oshganda tuproqsagi radon eksxalyasiya tezligining kamayishini tasdiqlashadi. Tuproq namligi 0%-30% bo‘lganda radonning eksxalyasiya tezligi oshib borgan, 30%-45% oralikda esa kamaygan. YUza maydoni katta bo‘lgan materiallarda radonning teskari diffuziyasi 6-13% ni tashkil qilishi tajribalarda aniqlandi. YAna shu narsaga e’tibor berish kerakki, ko‘pgina davlatlar haligacha er maydoni yuzasidan chiqayotgan radon eksxalyasiya tezligi bo‘yicha normativ chegara qiymatlarini qabul qilishmagan. Bu-ning sababi, radon eksxalyasiya tezligi tabiiy va ma’muriy faktorlarga, ya’ni: laboratoriya yoki dala sharoitidagi o‘lchashlarga, maydon chuqurligiga, muhit haroratiga, bosimiga, namligiga, fasl almashishiga va elektromagnit maydonlarning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lishidir. Ma’lum geografik joylarning, binolarning radon hajmiy aktivligini, effektiv dozasini va xavflilik koeffitsientini aniqlashda radon xaritalarining roli kattadir. Joylarning radon xaritalarini tuzish, bu zamon talabidir.
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling