Aniqlash usullari


Radonning chegara qiymatlari


Download 1.61 Mb.
bet125/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

6.5. Radonning chegara qiymatlari
Tabiiy va sun’iy radioaktiv modsalardan chiqayotgan har qanday nurlanish dozalari ma’lum kattalikdan oshganda odam sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir kuchi nurlanish dozasining mikdoriga bog‘liq [205]. SHu sababdan barcha nurlanish dozalariga, ularning tarqalish muhitiga bog‘liq holda qar bir mamlakat o‘zi uchun individual chegara qiymatlarini qabul qilgan.

Xuddi shunday normativlar radon va uning hosilalarining turli muhitda tarqalishi va nurlanishini hisobga olgan holda Uzbekiston Respublikasining «Sanitar normalari va radiatsion xavfsizlik qoidalari SanPin №0193-06 (OSPORB-2006)» hujjatida o‘z aksini topgan [140].

Quyida shu hujjatdan chegara qiymatlaridan ma’lumotlar keltiramiz.

Hujjatning 4.1 bandiga asosan ishlab chiqarish korxonalarining barcha xodimlarining tabiiy radionuklidlardan bir yil davomida oladigan nurlanish dozasi ish sharoitida 5 mZv dan oshmasligi kerak.

Loyihalashtirilayotgan uy va jamoat binolari xonasi havosidagi radon va toron o‘z hosilalari bilan muvozananatda bo‘lganda, ularning o‘rtacha yillik aktivligi (RPnMHAEQ+4,6RTnMHAEQ) 100 Bk/m3 dan yuqori bo‘lmasligi va ochiq joydagi gamma nurlanishlar dozasi 0,3 mkZv/st oshmasligi talab qilinadi (5.3.2 band).

Foydalanishda bo‘lgan uylar va jamoat binolari havosidagi radon va toron o‘zining hosilalari bilan muvozananatda bo‘lganda, ularning o‘rtacha yillik aktivligi (RPnMHAEQ+4,6RTnMHAEQ) 200 Bk/m3 dan yuqori bo‘lmasligi va ochiq joydagi gamma nurlanishlar dozasi 0,3 mkZv/st oshmasligi talab qilinadi (hujjatning 5.3.3 bandi). Agar radon hajmiy aktivligi chegara qiymatidan yuqori bo‘lsa radondan himoyalanish tadbirlarini o‘tkazish zarur.

Hujjatning 5.3.4 bandiga asosan uy va binolarni qurishda foydalaniladigan qurilish materiallarining effektiv solishtirma aktivligi (Seff) quyidagi kattalikdan oshmasligi kerak:

Seff = SRa + 1,3STh + 0,09SK ≤370 Bk/kg (6.12)

bu erda: SRa, STh, va SK - 232Th, 226Ra va 40K radionuklidlarning mos holda solishtirma aktivligi, Bk/kg.

SHaharda va axoli yashamaydigan dala yo‘llarini kurishda foydalaniladigan materiallar tarkibidagi radionuklidlarning solishtirma aktivligi mos ravishda Seff≤740 Bk/kg va Seff≤1500 Bk/kg chegara qiimatdan oshmasligi talab qilinadi.

Ichimlik suvlarida radon-222 ning mivdori 60 Bk/kg dan oshmasligi va uning ona radionuklidi bo‘lgan, radiy-226 ning 1 kg suvdagi va yillik aktivligi mos ravishda 1,5 Bk/kg va 670 Bk/yil dan yuqori bo‘lmasligi shart (5.3.5. bandi).

Radiatsiya xavfsizlik normasining (RXN-2006 yoki NRB-2006) 5.1.2 va 5.2.3 bandlariga asosan qurilish maydonlari yuzasidan chiqayotgan radon eksxalyasiya tezligining chegara qiymati mos ravishda quyidagi kattaliklardan oshmasligi kerak: ≤250 mBk/m2∙sek ishlab chiqarish binolari uchun va ≤80 mBk/m2∙sek aholi yashash binolari uchun. Aks holda qurilish uchastkasi yuzasidan radon oqimining chiqish tezligini kamaytirish choralarini ko‘rish kerak bo‘ladi.


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling