sxematik tasviri:
1 - barboter, 2 - namuna idishi, 3 va 4 - havoni haydash naychalari.
kirish va chiqish teshiklari bo‘lgan qopqoq zich yopiladi. Keyin 6.12-rasmda ko‘rsatilgandek barboterga ulanib, yopiq sistema hosil qilinadi.
Barboter (1) 20 min davomida idishdagi (2) suv ichiga havo haydab, undagi radon gazini idish bo‘shlig‘iga chiqaradi. 4-8 kunlik ekspozitsiyadan keyin SR-39 detektorlari ishqorda ediril-gandan keyin ulardagi α-izlar zichligi optik qurilma yordamida (5.6-§) sanaladi. Quyidagi nisbiy tenglamadan namuna suvidagi radon konsentratsiyasi aniqlandi:
ARn =Aet (ρRn/ρe), (6.10)
bu erda: ARn va Aet — namuna va etalon suvlardagi radon konsentratsiyasi, Bk/l; ρRn va ρe - namuna va etalon suvlaridagi radon α-zarralarining zichligi, iz/sm2∙st.
Suvdagi radon konsentratsiyasi absolyut metod yordamida quyidagi formuladan aniqlanadi:
ARn =ρo‘r∙eλt/Kt, (6.11)
bu erda: ARn - radonning suvdagi konsentratsiyasi, Bk/l; ρo‘r- yuza birligidagi α-izlarning o‘rtacha zichligi, iz/sm2; KK - kalibrlash koeffitsienti; λ - 222Rn parchalanish doimiysi, 7,56-10-3 st-1; t — ekspozitsiya vaqti, st.
SR-39 detektorining filьtr qog‘ozga o‘ralgan vaziyatdagi kalibrlash koeffitsienti KK= 1,353 (iz/sm2∙st)/(Bk/l). Iz detektorlari bevosita dala sharoitida suvdagi radon dinamikasini o‘rganishda juda qo‘l keladigan usuldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |