Aniqlash usullari
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
тақсимланишини ўрганиш
камерасининг схематик кўриниши. Optik qurilma yordamida (5.6.4.2-§) SR-39 detektorlari yuzasidagi α-zarralar izlarini sanash quyidagicha olib borildi. Beshta detektorning vertikal balandligi 12,5 sm. Har bir detektor yuzasi (5.9-rasmda ko‘rsatilgandek) shartli ravishda gorizontal yo‘laklarga va vertikal qatorlarga bo‘linib, harflar bilan belgilandi. Yo‘laklardagi α-izlarni sanash (pastda yuqoriga qarab) birinchi detektordagi (D1) gorizontal AAA va BBB yo‘laklardan boshlanib, ikkinchi detektordagi (D2) VVV va GGG yo‘laklar sanaldi va oxirgi beshinchi detektordagi (D5) KKK yo‘lagidagi α-izlar sanalib chiqildi. Gorizontal yo‘laklardagi 220Rn va 222Rn α-izlar soni kameraning vertikali bo‘yicha ma’lum masofagacha kamayib borgan, keyin esa ma’lum bir xatolik orasida o‘zgarmagan. 6.7- (a) va (b)-rasmlarda, granit va tuproqdan tarqalayotgan 220Rn va 222Rn kameraning balandligi bo‘yicha diffuzion taqsimlanishi egri chizig‘i keltirilgan. 6.7-(a) va (b) rasmlarga ko‘ra, ikkita manbadagi taqsimlanish egri chiziqlarining shakli bir xil bo‘lib, faqat izlar soni bo‘yicha farq qilgan. Masalan, D1 detektorning boshlang‘ich AAA yo‘lagida izlar soni granit va tuproq uchun mos holda 94 va 460 iz/mm∙kn bo‘lsa, BBB esa, mos holda -60 va 300 iz/mm∙kn tashkil qilgan. Ikkita kamerada ham, ma’lum bir masofagacha izlar soni baravar kamayib borgan. Bu masofa, D3 detektorning EEE yo‘lagi bo‘lib izlar soni mos holda 37 va 175 iz/mm∙kn tashkil qilgan. D4 va D5 detektorlardagi JJJ, ZZZ va III, KKK yo‘laklardagi izlar soni o‘zgarmagan, va granit uchun -30-35 iz/mm∙kn, tuproq uchun esa - 160-180 iz/mm∙kn tashkil qilgan. Egri chiziqning 80 mm masofasi 22ORn+222Rn+RH α-izlariga tegishli bo‘lsa, keyingi masofa (h > 80 mm) 222Rn+RH tegiishidir. Bu masofalarga tegishli izlar sonining ayirmasidan: (220Rn+222Rn+RH)-(222Rn+RH) = 220Rn+RH tegishli masofadagi izlar sonini aniklash mumkin. Masalan, granit va tuproq namunalari yuzasidagi (0,5-0,7 sm) 220Rn+RH izlar soni mos ravishda 60 va 290 iz/mm∙kn bo‘lsa, yuzadan 5,0 sm masofada esa 15 va 80 iz/mm∙kn ni tashkil qilgan. 6.7-(a) va (b) rasmdagi egri chiziqlarga asosan, 220Rn va uning hosilalari kameralardagi diffuzion masofasi 70-80 mm tashkil qilishi, yo‘laklardagi α-izlar zichligi esa quyidagi tartibda - AAA>BBB>VVV>GGG>DDD>EEE>JJJ>ZZZ>III> >KKK joylashganligi aniqlandi. Uchinchi kamera, dala tuprog‘ida ekpozitsiya qilingan bo‘lib, 6.7 (v) rasmda 220Rn va 222Rn α-izlarining kamera balandligi bo‘yicha taqsimlanish grafigi keltirilgan. Rasmdan ko‘rinadiki, 220Rn va 222Rn α-izlarini ajratish imkoni yo‘qsir, chunki kamerada mavjud bo‘lgan konveksion oqimlar ta’sirida, toronning o‘tish masofasi bir necha marta oshib ketgan. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling