Aniqlash usullari


Rn va Tn gazlarining kameradagi o‘tish masofalari


Download 1.61 Mb.
bet114/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

6.3.4.1. Rn va Tn gazlarining kameradagi o‘tish masofalari
Ko‘p kamerali usulni taklif qilishdan avval, 220Rn va 222Rn va uning hosilalarining kamera ichidagi o‘tish masofalari va taqsimlanishi laboratoriya va dala sharoitida o‘rganib chiqildi. Buning uchun kameraning ichki markaziy balandligi bo‘yicha beshta SR-39 detektori (25x25 mm2) bir qatorga terib chiqildi. 6.6-rasmda 220Rn va 222Rn taqsimlanishini o‘rganish kamerasining sxematik ko‘rinishi keltirilgan.

Tajribalarda SK-39 detektorlarining muddatiga ham e’tibor berildi, chunki bu xildagi detektorlar α-zarralarga juda sezgirdir. Amalda, SR-39 detektorlar yuzasi ximoya pardasi bilan qoplanganiga va ular maxsus polimer paketlarda saqlanishiga qaramasdan radon gazi yoki tabiiy neytronlar oqimi ta’sirida detektorl ardagi fon sanoqlari ortib boradi. Avvaliga fon sanoqlari 3,5-5,5 iz/sm2 ni tashkil qilgan bo‘lsa, oxirgi o‘lchashlarda (9 yildan keyin) fon sanoqlari 150—180 iz/sm2 ni tashkil qilgan. SHuning uchun, tajribalarda nazorat detektorlarining fon sanoqlari hisobga olindi.

Radon va toron manbalari sifatida mahalliy granit va shaxtaga yaqin joydan tuproq olindi. Ulardagi qoldiq aktivlikdan va namlikdan xalos bo‘lish uchun 30—40 kun laboratoriya sharoitida saqpandi. Quritilib, maydalangan tuproq yuzasiga (t = 2 kg) besh detektorli kamera qo‘yilib, tashqi aylanasi shu tuproq bilan bosib chiqildi. Ikkinchi kamera granit yuzasiga mahkamlandi va tashqi aylanasi plastilin bilan izolyasiya qilindi. Uchinchi kamera esa dala tuprog‘iga 30-35 sm chukurlikda maxdamlanib tashqarya aylanasi shu tuproqning o‘zi bilan yopildi. SR-39 detektorlari, 20 kun ekspozitsiyadan keyin kameralardan olindi va 6M NaON ishqorida 70°S da 7 soat davomida edirildi.


6.6-расм. 220Rn ва 222Rn


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling