Aniqlash usullari


Tuproqning o‘tkazuvchanligi, g‘ovakligi va radon emanatsiyasi


Download 1.61 Mb.
bet14/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

1.3.5. Tuproqning o‘tkazuvchanligi, g‘ovakligi va radon emanatsiyasi
1.3.5.1. Tuproqning o‘tkazuvchanligi
Tog‘ jinslari, tuproq, qum va boshqa tabiiy moddalarning suyuqlik yoki havoni o‘ziga shimuvchanlik xususiyati uning o‘tkazuvchanligi (pronitsaemost’, permeability) deyiladi. O‘tkazuvchanlik kattaligi suyuqlik yoki havo hajmining vaqt birligi ichida jins g‘ovaklariga to‘g‘ri kelgan miqdori bilan o‘lchanadi. Agar tuproqning o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lsa, u yomg‘ir suvlarini tez shimadi va havoni o‘zidan yaxshi o‘tkazadi. Tuproq, qum va boshqa moddalardagi radonning harakatiga ikki narsa asosiy sabab bo‘ladi – diffuziya va havo konveksiyasi. Radonning harakati muhitdagi konveksion oqimlarga bog‘liq. Ammo, radon diffuziyasi har qanday chegaralangan muhitda ham bo‘lishi muqarrar bo‘lgan tabiiy jarayondir. Radon izotoplarining konveksion o‘tish masofalari hamma vaqt diffuzion ko‘chish masofalaridan katta. Tabiatning har qanday o‘zgarishlaridan qat’iy nazar, tuproqdagi havova suv doimo harakatda bo‘ladi. Radonning har xil moddalardagi o‘tkazuvchanligini o‘rganish, ikki tomonlama zarur va muhim. Birinchisi –radon xavfsizliti uchun, ya’ni uylar havosini radon gazidan himoya qilishda zarur bo‘lgan plastik va maxsus materiallarni yaratish bo‘lsa, ikkinchisi esa – selektiv materiallar, ya’ni 222Rn ni o‘tkazib uning boshqa izotoplarini (219Rn va 220Rn) to‘sib qoladigan filьtr yoki membranalar yaratishda muhim rolь o‘ynaydi [11-13].

Amalda o‘tkazuvchanlik qiymati ushbu formuladan aniqlanadi [14]:





(1.1)

bu erda: K – o‘tkazuvchanlik, sm2; – havoning tuproqdagi dinamik yopishqoqligi, Pas; (dV/dt)/S– havo oqimining (sm3/s) vaqt birligida S yuzadan (sm2) o‘tish tezligi; dP/dxbosim gradienti, Pa/sm.

1.3-jadvalda turmushda qo‘llaniladigan materiallarning gidravlik o‘tkazuvchanligining chegaraviy qiymati berilgan [14].


1.3-jadval


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling