Aniqlash usullari
Radon -zarralarining o‘tish masofalari
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radon va RHR -zarralarining suv va havodagi o‘tish masofalari
- 1.3.3. 222 Rn va 220 Rn ning diffuzion o‘tish masofasi
- 1.3.4. Radonning ko‘chish mexanizmlari
1.3.2. Radon -zarralarining o‘tish masofalari
Radon va RH larining fizik mohiyatini tushunish uchun ularning -zarralarining suv va havodagi o‘tish masofalarini va energiyalari o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rib chiqish kerak. 1.1-jadvalda 220,222Rn va uning hosilalarining asosiy yadro-fizikaviy xarakteristikalari keltirilgan. 1.1-jadval Radon va RHR -zarralarining suv va havodagi o‘tish masofalari
Bu erda T1/2– radionuklidning yarim emirilish davri; E– -zarraning energiyasi, MeV; va R – -zarraning suvda va havodagi o‘tish masofalari [13]. Alьfa zarralarning o‘tish masofasi ularning boshlang‘ich energiyasiga va muhitning zichligiga bog‘liq. Masalan, E= 5,49 MeV (222Rn), plastik moddalardagi o‘tish masofasi suvnikiga (~39 mkm) yaqin bo‘lib; polietilen-tereftalatda ~32 mkm ( = 1,2 g/sm3); polietilenda ~31 mkm; polikarbonatda ~37 mkm; va shishada ~23 mkm ( = 2,5 g/sm3). Ra, Rn va ularning hosila yadrolari o‘zidan alьfa-zarra chiqarish vaqtida ~100 keV atrofida tepki energiyasiga egabo‘ladi, natijada mineral yadrolari bir necha atom o‘lchami masofasiga siljiydi. Masalan, Ra, Rn va Po radioizotoplarining -parchalanishi vaqtida kvars, slyuda,ssirkon va polietilen yadrolari mos ravishda 30, 27, 21 va 68 nm masofaga siljiydi [13]. 1.3.3. 222Rn va 220Rn ning diffuzion o‘tish masofasi Radon gazining havoda va suvdagi diffuzion o‘tish masofasi juda katta farq qiladi. 1.2-jadvalda 222Rn va 220Rn gazlarining havodagi, suvdagi, quruq g‘ovak tuprog‘idagi (QG‘T) va suv bilan to‘yingan g‘ovak tuprog‘idagi (STG‘T) diffuzion masofalari (D)1/2 va ularning diffuzion koeffitsientlari (D) keltirilgan [7]. 1.2-jadvaldan havoning Dhavo qiymati suvning Dsuvqiymatidan 104 marta ko‘pligi ma’lum bo‘ladi. Quruq g‘ovak tuproqda radonning o‘tish masofasi 1,6 m ni tashkil qilsa, suv bilan to‘yingan g‘ovak tuproqda 222Rn o‘tish masofasi bor yo‘g‘i 1,6 sm. 1.2-jadval 222Rn va 220Rn izotoplarining havoda, suvda, QG‘T va STG‘T diffuzion o‘tish masofalari va diffuzion koeffitsientlari
Agar quruq g‘ovak tuproqning namligi 0 % dan 100 % gacha oshib borsa, shu tuproq diffuzion koeffitsientining qiymati (510–2 sm2/sek) juda tez kamayishi tajribada kuzatilgan (510–6 sm2/sek) [10]. 1.3.4. Radonning ko‘chish mexanizmlari Radiy atomi parchalanganda, undan alьfa zarrachasi ajralib, radon atomi hosil bo‘ladi. Radon atomi tepki energiyasi hisobiga mineraldagi kristall panjarani (KP) tashlab chiqishi yoki panjara ichiga qarab harakatlanishi mumkin. Normal sharoitda radonning KP bo‘ylabqiladigan diffuziyasisezilarliahamiyatgaegaemas. Radon izotoplari KP nitashlab chiqqandan keyin, mineralning kapillyarlari va bo‘shliqlari bo‘ylab diffuzion harakat qilishi mumkin. Tepki energiyasi ta’sirida, mineral yuzasini tashlab chiqayotgan radon atomlarining soni radiy atomlarining yuzadagi miqdoriga bog‘liq. Alьfa-zarra tepkisi ta’sirida, radon atomi mineral panjaradagi radiy atomi joylashgan joydan taxminan 0,02-0,07 mkm masofaga siljiydi. Bu siljish kuchi, radonning mineraldan yoki donasidan tashqariga chiqib ketish uchun etarli hisoblanadi [12, 13,30]. Radon atomi mineral donasini tashlab ketish shartlaridan biri, u yuzaga yaqin joylashgan bo‘lishi va yo‘nalishi tashqariga yoki mineralning mikrobo‘shlig‘iga to‘g‘ri kelishi kerak. Radonning keyingi harakat yo‘nalishi diffuziyaga bog‘liq. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra [12, 18], radon diffuziya ta’sirida mineral donasini tashlab, panjara yo‘li bilan chiqib ketishi yoki parchalanish paytida uning chiqish yo‘li suvga to‘g‘ri kelishi mumkin ekan. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling