2.2.2. Uran konlarida o‘pka saratoni
Uran, qalay, mis va temir qazib olish konlari ishchilarining epidemiologik muhiti va holati boshqa turdagi ishlab chiqarish korxonalaridan tubdan fark kiladi. Masalan, 2.8-jadvalda uran shaxtalari tufayli o‘pka saratoniga uchrab vafot etgan shaxtyorlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan [91]. Bu ma’lumotlarni olish uchun bir million shaxtyorlar orasidan 60000 erkakning sihat-salomatligi bir yil davomida tekshirilib va kuzatib borilgan. Radon tufayli konchilar oladigan umumiy nurlanish dozasini o‘rtacha RIJOQ (radonning ish joyidagi oylik qiymati)da ifodalaydigan bo‘lsak, uning juda keng diapazonda o‘zgarishiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, Avstraliyaning Radium-Xill shaxtasidagi doza qiymati 7 RIJOQ bo‘lsa, AQSHning Kolorado shaxtasidagi dozasi 821 RIJOQni tashkil qilgan.
2.8-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |