Aniqlash usullari
Xonalarda kuzatilgan maks. va min. RHA qiymatlari, Bk/
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
Xonalarda kuzatilgan maks. va min. RHA qiymatlari, Bk/
2.7-jadvaldan xonalardagi radon miqsori juda katta intervalda o‘chgarishini ko‘rish mumkin. Masalan, SHvetsiya, Sloveniya va Belьgiyadagi uylardagi RHA o‘zgarishi mos ravshpda 22-20000, 20-4000 va 100-5500 Bk/ tashkil qilgan. Argentina, Braziliya, Ekvador, Meksika, Peru va Venesuela mamlakatlari birgaliqsa (kollaboratsiya) [84] olib borilgan RHA o‘lchovlarida 70% QJID detektorlaridan foydalanishgan. 2.7-jadvalga ko‘ra, Lotin Amerikasi xonadonlaridagi RUA qiymati 32—87 Bk/ ni tashkil qilgan bo‘lsa, eng kichik va katga qiymatlari 4 Bk/ va 310 Bk/ bo‘lgan. Eng yuqori RHA qiymati Sloveniya uylari va maktablarida kuzatilgan - 5600 ± 133 Bk/ [17, 86]. Iordaniya olimlari radon variatsiyasi fasllar o‘zgarishiga bog‘liqligini aniqlashgan. Masalan, qish va kuzda xonalardagi RHA mos ravishda 1532 Bk/ va 87,3 Bk tashkil qilgan, tuproqda esa, bahor va qishda RHA mos holda 200 Bk/ va 37800 Bk/ bo‘lgan [87]. Tajribalarda SR-39 detekgorlaridan va RM3 radon o‘lchash asbobidan foydalanishgan. Rossiyaning Tomsk shahrida, bir va ko‘p qavatli uylardagi RHA [88] ni o‘lchash ishlarida SR-39 va Si-detektorli RAA-03 asbobidan foydalanilgan. Tajribalar paytida binolar qurilshi materiallariga qarab to‘rt tipga bo‘lingan va ulardagi RHA qiymati quyidagicha bo‘lgan: yog‘och taxtadan - 117-160 Bk/, shlakoblokdan — 111 Bk/, g‘ishtdan - 68 Bk/ va beton plitadan - 67 Bk/. Bundan ko‘rinadiki, xonadonlardagi RHAning maksimal va minimal qiymatga ega bo‘lishi kun va yil fasllariga ham bog‘liq. Masalan, qishda RXD ning oshishi, yozda esa uning kamayishi kuzatilgan. Radon akgivligi kechki va ertalabki vaqglarda doimo kunduzgidan ko‘p [86, 87] bo‘ladi. Radon radioakgiv gaz bo‘lgani uchun uning binolar ichidagi miqdori havo aylanishiga uzviy bog‘liq. Havo aylanish tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan uylarda radon variatsiyasi tashqi atmosferaga mos holda o‘zgarishi ko‘p tajribalarda tasdiqlangan [4, 84, 87]. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling