Aniqlash usullari
Mamlakatlar va geografik joylar atmosferasidagi RHA taqsimlanishi
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Мувозанат коффициенти-нинг ер атмосфераси баландлиги бз^йича ўзгариши
- 2.1.2. Uylar havosidagi RHA mikdori
Mamlakatlar va geografik joylar atmosferasidagi RHA taqsimlanishi
Planetamizning ba’zi joylarida, er yoki suv yuzasi atmosferasidagi radon miqdorlari bir-biridan katta farq qiladi. Masalan [72], Adriatika dengizi atmosferasidagi radon mikdori 1,1-21,7 Bk/m3 diapazonda aniqlangan bo‘lsa, uning o‘rtacha qiymati 5,5 Bk/ ni tashkil qiladi. Hind okeani atmosferasida esa RHA qiymati atigi 0,07 Bk/ ga teng [71]. Misr sahro havosida olib borilgan o‘lchashlar [73], toron varadon HA ga mos holda 73,6 va 18,347 Bk/ qiymatni ko‘rsatgan. 2.1-jadvaldan yana shu narsa ko‘rinadiki, ba’zi kuruqliklar atmosferasida RHA juda kam. Masalan, Finlyandiyada - 0,3 Bk/, Karolin orollarida - 0,02 Bk/. Atmosferadagi bunday kichkina aktivliklarni o‘lchash ba’zi qiyinchiliklarga olib keladi, chunki elektron asboblarining RHAni qayd qilish mikdori 5-20 Bk/ dan yuqorida joylashgan. Bunday hollarda eng yaxshi o‘lchash quroli qattiq jismli iz detektorlaridir. CHunki QJID detektorlarining qayd qilish qobiliyati va ekspozitsiya vaqti (7-90 kun) juda katta. Inson hayoti uchun, atmosferadagi radonning o‘zi emas, balki uning nafas yo‘llarida va o‘pka yuzasiga metall holatida o‘tirib qoladigan hosilalari xavflidir. Odamlar atmosferadan oladigan doza qiymatini aniqlash uchun o‘sha muxitdagi radon va uning hosilasi orasidagi nisbati eki muvozanat koeffitsienti (F) ma’lum bo‘lishi kerak. Muhitdagi asosiy hajmiy aktivlikni 222Rn va RH beradi. SHuning uchun Rn-222 muvozanatdagi hajmiy aktivligiga ekvivalent qiymati (RMHAEQ) uning RH hajmiy aktivligi va muvozanat koeffitsienti bilan quyidagicha bog‘langan: RMHAEQ = ARn∙F =0,105A(1) + 0,516A(2)+0,379A(3), (2.3) bu erda: ARn- radon va RHning hajmiy aktivligi, Bk/; ARQZ yoki A(1), A(2), A(3) - RaA (218Ro), RaV (214Rb) va RaS (214Ro) radionuklidlarining aktivligi, Bk/; F — muvozanat koeffitsienti. Amalda F kattalik tajriba yo‘li, ya’ni ARH va ARn qiymatlarining nisbati orqali aniqlanadi: F =ARH/ARa=[0,105A(1) + 0,516A(2)+0,379A(3)]/ ARn (2.4) F qiymati yordamida, atmosferadagi ionlashtiruvchi radio-nuklidlarning (222Rn va 218Ro, 214Rb, 214Ro) zichligini aniqlash mumkin. Er yuzasidan bir metr balandlikda bu qiymat 0,6-0,8 atrofida ekanligi aniqlangan [4, 77]. 2.1-rasmda nazariy yo‘l bilan hisoblangan muvozanat koeffitsientining tun va kun davomida o‘zgarishi er atmosferasi balandligi bo‘yicha keltirilgan. 2.1-rasmdan tungi tinch atmosferada va ~5 m balandlikda F~1 atrofida, kunduzi 30 m balandlikda F≤1 ekanligi ko‘rinib turibdi. Kunduz kuni havodagi turbulent oqimlar 222Rn gazining bir joyda turishiga imkon bermaydi.
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling