Aniqlash usullari


SHvetsiya qurilish materiallaridagi


Download 1.61 Mb.
bet34/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

SHvetsiya qurilish materiallaridagi 226Ra va 232Th ning solishtirma aktivligi


Materiallar

226Ra, Bk/kg

232Th, Bk/kg

G‘isht

40-164

71-180

Ohaktosh

7-15

4-10

Beton

31-63

46-127

Qumli engil beton

3-132

4-157

Gil ertuproqli engil beton

788-2627

19-96

Tabiiy gips

2-9

0-12

SHvetsiya gilli ertuproqda (alyuminiy oksidi) 226Ra miqsori (2600 Bk/kg) juda ko‘p bo‘lgani bilan Germaniyaning qurilish materiallarida radioaktivlik ko‘proq.



2.3-jadval

Germaniya qurilish materiallarida226Ra va 232Th ning solishtirma aktivligi


Materiallar

226Ra, Bk/kg

232Th, Bk/kg

Granit

30-500

17-311

G‘isht

10-200

12-200

Ohaktosh

4-41

2-20

Gips

2-70

2-100

Beton

7-92

4-71

Engil beton

6-80

1-60

Eski mis shlagi

861-2100

18-78

Qalayli shlak

1000-1200

230-340

Qo‘ng‘ir ko‘mir kuli

4-200

6-150

2.2- va 2.3-jadvallardan qurilish materiallari ustidan radiatsiya nazorati o‘rnatish zarurligi ma’lum bo‘ladi. Ammo, asosiy radon tarqatuvchi manba faqat qurilish materiallari emas, balki bino poydevori joylashgan er maydoni ham hisoblanadi.


2.1.2.2. Bino poydevori va er maydoni — radon manbai
Er yuzasi, tuproq yoki materik jinslar xonalardagi RHA oshishiga sababchi bo‘lgan asosiy manbadir. Erning 100 metrdagi yuza qatlamini har xil tabiiy jinslar tashkil qilgan bo‘lib, undagi uran tarkibi ≤ 50 g/t atrofidadir. Manbalarda hosil bo‘layotgan radon gazi er qatlamlari orasidagi bo‘shliq va yoriqlardan o‘tib, uy havosiga tarqaladi. Hozirgi quruqlik jinslari bir necha yuz million yillar davom etgan erroziya va tabiat o‘zgarishi tufayli, qadimiy muzlik va suvlar egallagan muhitdan hosil bo‘lgandir. 2.4-jadvalda SHvetsiyaning materik jinslaridagi uran va toriyning mikdori keltirgan [76].

2.4-jadval

SHvetsiyaning materik jinslaridagi uran va toriyning mivdori

Materik jinslar

Uran, g/t

Toriy, g/t

Granit (oddiy)

2-10

5-20

Granit (radioaktiv)

8-40

10-90

Qum

0,5-5

1-10

Ohaktosh

0,5-2

1-2

YOnuvchi tog‘ jinsi (slanets)

1-10

2-15

Gilli ertuproq

10-350

2-10

Agar g‘ovakli tuproq shag‘alsimon bo‘lsa, pastki qatlamda hosil bo‘lgan radon gazi bemalol, to‘siqsiz er yuziga ko‘tariladi. G‘ovaksiz tuproq qatlamlari orasini er osti suvlari egallagan er zaxob bo‘lsa, radon gazi yuqoriga ko‘tarilishi qiyin bo‘ladi. Radon gazining er yuzasiga chiqishiga va tarqalishiga asosan, joylardagi radon to‘plovchi yoriqlar va bo‘shliqlar sababchidir.


2.1.3. Uylardagi radon muvozanat koeffitsienti va taqsimlanishi
2.1.3.1. Uylardagi radon muvozanat koeffitsienti
Xonalar havosidagi RHAni o‘lchashni uch xil sinfga bo‘lshp mumkin [76]: 1. Radon gazining aktivligini o‘lchash. 2. Radon hosilalari aktivligini o‘lchash. 3. Radon va uning hosilalari aktivligini birga o‘lchash.

Amalda mutaxassislar 1- va 3-usullarni qulay deb hisoblashadi va RH qiymatini aniqlashda muvozanat koeffitsienti (F)dan foydalanishadi. Har xil mamlakatlardagi binolar va xonalardagi F qiymati 0,2-0,7 atrofida bo‘lib, bu ma’lumotlar hind olimi T. Ramachandran [77] tomonidan to‘plangan va 2.5-jadvalda ushbu koeffitsientning o‘rtacha va uning interval qiymati keltirilgan.



2.5-jadval

Xonalar havosidagi F ning urtacha va interval qiymatlari


Mamlakatlar

F-faktor

O‘rtacha

Interval

Kanada

0,5

0,2-0,7

Finlyandiya

0,5

0,3-0,6

SHvisiya

0,4

0,1-0,8

Norvegiya

0,5

0,3-0,8

AQSH

0,5

0,3-0,8

Germaniya

0,3

0,2-0,7

Hindiston

0,5

0,1-1,0

Keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, radonning xonalardagi muvozanat koeffitsienti Hindistonda juda katta intervalda 0,1 -1,0 o‘zgarsa, Finlyandiyada juda kam intervalda 0,3-0,6 o‘zgarar ekan. Agar F=0,1 bo‘lganda, o‘lchanyotgan muhitning 90% ini 222Ra egallagan bo‘lib, uning hosilalari muhitning 10% ni tashkil qiladi. Buning sababi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, havo juda nam hamda ifloslangan va ionlashgan aerozollar ko‘p bo‘lsa, ular hosil bo‘layottan radonning hosilalarini o‘ziga tortishi mumkin. Agar muhitdagi F—1,0 bo‘lsa, xonadonda tabiiy yoki sun’iy ventilyasiya kuchli ishlab turganligini bildiradi, chunki, shamol oqimi RH ga ta’sir ko‘rsatmasdan 222Ra gazini muhitdan haydab ketayotgan bo‘ladi. Ammo ko‘p joylarda radonning o‘rtacha muvozanat qiymati ~0,5 ga teng deb olinadi.


2.1.3.2. Radonning uylardagi taqsimlanishi

2.2-расм. Германия хонадонларида РҲА тақсимланиши.
2.2-rasmda Germaniyadagi har xil tipdagi binolar havosidagi radon miqdorining taqsimlanish diagrammasi keltirilgan. Ushbu diagrammadan shahar binolarida RHA qiymatining qanday taksimlanganini va binolardagi RHA qiymati oshib borishi bilan radon qiymatiga mos keluvchi uylar soni ham kamayib borishini ko‘rish mumkin.

2.2-rasmdagi diagrammaga asosan, shuni xulosa kilish mumkinki, radon hajmiy aktivligi 25; 35; 45 va 55 Bk/ bo‘lgan uylar soni tegishlicha 530; 700; 600 va 400 tadan bo‘lib, aktivligi 90-120 Bk/ oraliqdagi uylar soni 30-80 tani tashkil qiladi [76].

2.6-jadval ba’zi mamlakatlar xonadonlaridagi radonning o‘rtacha aktivlik (RO‘A) qiymatlari berilgan. RO‘A butun regionlarda uning taqsimlanishi to‘g‘risida to‘la ma’lumot bermaydi, ammo bu qiymatlar orqali radonning aholiga xavf tug‘dirish darajasini aniqlash mumkin.

2.6-jadval


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling