Aniqlash usullari


Radonnish ish joyidagi va oylik qiymatlari


Download 1.61 Mb.
bet58/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

4.3.2. Radonnish ish joyidagi va oylik qiymatlari
O‘tgan asrning boshlaridayoq (1900 yil) nurlashshshing inson sog‘lig‘i uchun bo‘lgan zarari va ba’zan, o‘limga olib kelishi mumkinligi shu soha mutaxassislariga ma’lum edi [89-94, 144]. Radon nurlanishining o‘pka saratoniga olib kelishi, uran konchilarida ko‘p kuzatilgan (2.2.2. bob) [89-94]. Tog‘ qazish sanoatida ishlovchi konchilarning radon va uning hosilalaridan oladigan dozasini anikdash uchun «radonning ish joydagi qiymati - RIJQ» va bir oylik integral «radonning ish joydagi oylik qiymati-RIJOQ»lari kiritilgan. RIJQ va RIJOQ atamalari xorijiy davlatlarning tog‘ qazish sanoatida ko‘p ishlatiladigan, lekin xalqaro o‘lchash sistemasiga kirmagan birliklardir. Bu birliklar asosan radonning hosilalari hosil qiladigan hajmiy aktivligini ya’ni «yashirin energiyani» aniqlashda foydalaniladi. YAshirin energiya RH o‘pka hujayralariga etkazadigan nurlanishga ekvivalent dozadir. 1 RIJQ - alьfa-parchalanish natijasida 222Rn o‘zining hosilalari (218Ro, 214Rb, 214Vi, 214Ro) bilan to‘la muvozanatda bo‘lganda shu muxitda 3700 Bk/m3 teng bo‘lgan hajmiy aktivlikdir. 1 RIJQ - muhit havosida 1,3∙105 MeV/l potensial energiyaga yoki 2,08-10-5 J/m3 ish qiymatiga ekvivalent kattalikdir (1 MeV = 1,6-10-13 J). Konchilarning oylik ish kuni 170 soatga teng bo‘lib, 1 RIJOQ=3700 Bk/m3∙170 st yoki 6,3-105 Bk∙st/m3 teng aktivlikdir. Xalqaro sistemada (SI) RIJOQ birligi J∙st/m3 beriladi va 1 RIJOQ - 6,3∙105 Bk∙st/m3 aktivlikka va -3,54-10-3 J∙st/m3 ishga ekvivalentdir.
4.3.3. Radonning xavf koeffitsienti
Radon xavfi - deganda shu narsaga e’tibor berish kerakki, radonning o‘zi umumiy nurlanishda (222Rn va RH muvozanatda bo‘lganda) katta rolь o‘ynamaydi, uning ta’siri 2 % dan oshmaydi. Amalda hosilalarining o‘pka hujayralarida hosil qiladigan «yashirin energiya» dozasini yoki radon muvozanatidagi hajmiy aktivligiga ekvivalent qiymatni (RMHAEQ) aniqlash muhimdir, u quyidagi formuladan topiladi [6, 144]:

ARMHAEQ = ARnF= 0,1046ARaA+ 0,5161ARaB + 0,3793AR (4.2)

bu erda: ARn, ARaA, ARaB , AR - radon va uning RH [RaA (Ro-218), RaV (Rb-214), RaS (Ro-214)]larining mos holdagi hajmiy aktivliklari, Bk/m3; Fmuvozanat koeffitsienti, ARMHAEQ va ARn (222Rn+RH aktivligi) qiymat nisbati bilan aniqlanadi. Amalda F doimo (< 1) birdan kichik bo‘lib, odatda 0,4-0,5 atrofida bo‘ladi. Hajmiy aktivlik birligidan RIJQ dozasiga o‘tish uchun RMHAEQ qiymatini 34,6 MeV/l∙Bk ga teng bo‘lgan koeffitsientga ko‘paytirish kerak.

Inson organizmiga radon etkazadigan xavf kattaligini aniqlash uchun radiatsiya bo‘yicha Xalqaro xavfsizlik tashkiloti [85, 86], qiymati 4 mZv oylik dozani 3∙10-4 darajadagi xavflik koeffitsientiga ekvivaleng deb qabul qilgan, ya’ni 4 mZv/ RIJOQ = 3∙10-4/RIJOQ. Bundan ko‘rinadiki, RXK koeffitsienti xonadagi radon hajmiy aktivligiga bog‘liq kattalikdir.

4.1-jadvalda xonadagi RHA ma’lum interval qiymatlarda berilgan bo‘lib, shu intervallarga to‘g‘ri keluvchi radonning yillik effektiv dozalari, xavf koeffitsientlari varadondan ximoyalanish tadbirlarini (RHT) o‘tkazish muddatlari keltirilgan [129].



4.1-jadval


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling