Aniqlash usullari


Download 1.61 Mb.
bet66/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

4.4.6. Radon xaritasi

Hozirgi paytda ko‘pgina davlatlarda geografik joylarning, maydonlarning radon xaritalari tuzilgan va tuzilmoqsa. Bunday radon xaritalari yordamida joylardagi, binolardagi va atmosferadagi radon aktivligining taqsimlanishini, aholiga to‘g‘ri keluvchi radon dozasini bilish mumkin [159-162]. Bunday radon xaritalardagi RHA yoki RET o‘rtacha geometrik qiymatlarda beriladi. Buning sababi, joylardagi RHA va RET qiymati bir-biridan juda katta farq qilishi mumkin. O‘rtacha geometrik ko‘rsatkich (GM) quyidagi formuladan aniqlanadi [162]:



GM = (A1∙A2, …, An)/n (4.4)

bu erda: A1, A2 va An- joylardagi radonning hajmiy aktivligi va n - o‘lchashlar soni.

Radon aktivliklarining geometrik og‘ish standarti (GSD) quyidagi formuladan aniqlanadi:

ln GSD= (1/n) [A1/A1+A2/A2... +An/An], (4.5)

Hozirgi paytda SHvetsiya territoriyasining 90% [160, 201], AQSH [159] va Angliya [161] mamlakatlarining asosiy qismining radon xaritalari tuzilgan bo‘lib, ular asosan 1:50000 masshtabda berilgan.



4.1-rasmda AQSH uylaridagi RHAning o‘rtacha geometrik qiy-mati radon xaritasida berilgan.


4.1-rasm. AQSHdagi uylarning radon xaritasi.
Sloveniya olimlari tomonidan tuzilgan radon xaritalari uch xil bo‘lib, ulardan atmosferadagi, xonadonlardagi va makxab sinfla-ridagi radon hajmiy aktivliklari to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin [117]. 4.2-rasmda Sloveniya atmosferasidagi (a) va xonadonlaridagi (b) radon aktivligini ko‘rsatuvchi xarita keltirilgan.

1998 yili CHexiya davlatining geologiya xizmatlari vazirligi joylarning geologik va radonometrik elektron xaritasini 1:500000 masshtabda yaratdilar [158].



Uzbekistonda ham radon xavfli joylarning xaritasini tuzishga katta e’tibor berilmokda va bugingi kunda1:1000000 (1 sm=10 km) masshtabdagi radon xaritasini tuzish ishlari yakunlanmokda [201]. Xaritadagi radonga tegishli ma’lumotlar-Davlat geologiya qo‘mitasining Kompleks geologiya- ekologiya qidiruv ekspeditsiyasi, Respublika Fanlar akademiyasi «Akademasbob» Birlashmasi va YAdro fizika instituti bo‘limlarining radon



4.2-rasm. Sloveniyaning radon xaritasi:

a - atmosferadagi va b - xonadonlar havosidagi radon miqsori, Bk/m3.
bo‘yicha olib borgan izlanishlar hisobotlaridan olingan [201]. Respublika mutaxassislari oldiga radon xavfi bor deb hisoblangan-Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Navoiy viloyatlarining radon xaritasini yaratish muammosi qo‘yilgan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, radon xaritasi yordamida geografik joylardagi. maydonlardagi, uy va ishxonalardagi radon hajmiy aktivligining taqsimlanishi haqida kerakli qiymat va ma’lumotlar olinadi. Bu qiymatlar yordamida aholining radondan oladigan yillik effektiv dozasi va radon xavfini aniqlash mumkin.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling