Aniqlash usullari


Radoining suvdagi TQ va MQ qiymati


Download 1.61 Mb.
bet62/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

Radoining suvdagi TQ va MQ qiymati



Mamlakatlar

TQ, Bk/l

MQ, Bk/l

CHexiya

50

300

Rossiya




120

Norvegiya

500




Finlyandiya




300

SHvetsiya




100

Slovakiya




50

Ruminiya




200

Rossiyaning radiatsion xavfsizlik normasida NRB-99 [141] radonning suvdagi chegara qiymati 60 Bk/kg qilib belgilangan.

4.4-jadvalda ba’zi mamlakatlarda qabul qilingan radonning ichimlik suvlaridagi chegara qiymatlari keltirilgan.

4.4-jadval

Radonning ichimlik suvlaridagi chegara qiymati


Mamlakatlar

Bk/l

pKi/l

AQSH

11,1

300

Rossiya

60 Bk/kg

1620

Irlandiya

200

5400

Finlyandiya

300

8100

SHvetsiya

100

2700

Ukraina

100

2700

O‘zbekiston

60 Bk/kg

1620

4.4-jadvalga asosan, ayrim davlatlarda qabul qilingan RSK qiymati bir xil emasligi va uning chegara qiymati 60-300 Bk/l katta intervalda kabul qilingan bo‘lib, uning RSK qiymati bir-biridan 5 martagacha farq qilishi mumkin.


4.4.3. 232Th, 226Ra va 40K bo‘yicha chegara qiymatlar
Bino joylashgan er yuzasi (tuproq, shag‘al, qum va tog‘ jinslari) xonalar ichiga radon va toron gazlarini tarqatuvchi asosiy manba bo‘lsa, ikkilamchi manba — binoni tashkil qiluvchi qurilish va jihozlash materiallaridir. Radon, RHR va boshqa nurlarning aktivligi bino materiallari tarkibidagi tabiiy radionuklidlar (232Th, 238U, 226Ra va 40K) miqdoriga bog‘liq. Uy va ishlab chiqarish binolarini qurishda har xil tabiiy mineral va tog‘ jinslaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 2.3 va 2.4-jadvallarga ko‘ra, xom ashyo materiallarining solishtirma aktivligi 350-2100 Bk/kg oralig‘ida bo‘lsa, xonalardagi RHA chegara qiymatidan oshib ketishi mumkin. SHu sababli Evropa davlatlarida xonadagi RHA 200 Bk/m3dan oshmasligi uchun xom ashyo materiallari tarkibida bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy radioaktiv elementlar (232Th, 226Ra va 40K) aktivligini chegaralovchi qiymatlar qabul qilingan [143]. Evropa komissiyasi hisobotida [155] xom ashyo materiallarining nurlanish dozalari radon uchun ≤1 mZv/yil, gamma-nurlar uchun ≤0,5 Zv/st dan oshmasligi talab qilingan. SHu komissiya 1998 yili [143] qurilish materiallarini nazorat qilish va ulardan foydalanishga yaroqliligini aniqlash uchun aktivlik indeksi (I) degan kattalikni va uni hisoblash usulini taklif qilgan:

I≤(CRa /300+CTh/200+CK/3000)w, (4.3)

bu erda: CRa , CTh , CK- 232Th, 226Ra va 40K radionuklidlarning tegishlicha solishtirma aktivligi, Bk/kg; w - tortim koeffitsienti [129].

Agar materialning aktivlik indeksi I >1 bo‘lsa, u qurilish uchun yaroqli emas.

Ko‘pgina Evropa davlatlari xom ashyo materiallarining aktivlik indeksini aniqlashda individual yondashganlar [143]. Masalan, SHvetsiyada aktivlik indeksi qabul qilinmagan bo‘lsada, uylardagi RHA ≤ 200 Bk/m3 va -nurlar dozasi ≤ 0,5 Zv/st chegara qiymatlardan oshmasligi talab qilinadi. Germaniyada qurilish materiallaridagi 226Ra (hosilalari bilan muvozanatda bo‘lganda) mikdori ≤200 Bk/kg dan yuqori bo‘lmasligi talab qilinadi.

4.5-jadvalda qurilish materiallarining aktivlik indeksini aniqlash uchun Evropa davlatlarida qabul qilingan hisob usuli keltirilgan (S - solishtirma aktivlik, Bk/kg).

4.5-jadval


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling