Aniqlash usullari


Qurilish materiallarining aktivlik indeksini hisoblash


Download 1.61 Mb.
bet63/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

Qurilish materiallarining aktivlik indeksini hisoblash

Mamlakat

Aktivlik indeksi ≤1

Mamlakat

Aktivlik indeksi ≤1

Avstriya

CTh/600+CRa /1000+ +CK/10000 <1 Bk/sm2

Sloveniya

CTh/300+CRa /400+ +CK/5000+Sarif/4000, < 40 Bk/dm2

Finlyandiya

CTh/200+CRa /300+ +CK/3000 <1 mZv/yil

Rossiya

1,3CTh+CRa +0,09CK< 370 Bk/kg uylar uchun

Norvegaya

CTh/200+CRa /300+ +CK/3000

Ra-226<200 Bk/kg



Litva

CTh/200+CRa /300+CK/3000

Slovakiya

1,25CTh+CRa + +0,09CK<370

Polьsha

CTh/230+CRa /370+CK/370

Ra-226<200 Bk/kg


Isroil davlati qabul qilgan normativ bo‘yicha qurilish materiallarining chegara qiymat normalari: 226Ra≤50 Bk/kg; 232Th≤50 Bk/kg; 40K≤500 Bk/kg; -nurlar ≤0,7 mZv/yil; va RET≤1 Bk∙m-2∙ch-1 [143]dan oshmasligi kerak.

YAponiyada qurilish materiallari uchun chegara normalari qabul qilinmagan, vaholanki qurilishda ishlatiladigan gips xom ashyo materiallarida radiy va fosfat elementlarining mikdori juda kattadir [143].

O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvlarida radon miqdori 60 Bk/kg va xonalar havosida RHA 200 Bk/m3 oshmasligi to‘g‘risida chegara qiymati qabul qilingan. Qurilish uchun foydalanadigan materiallarning solishtirma aktivligi: CRa+1,3CTh+0,09CK370 Bk/kg dan oshmasligi kerak [140].


4.4.4. Radon eksxalyasiya tezligining chegara qiymatlari
O‘zbekiston Respublikasining Radiatsiya xavfsizlik normasining (RXN-2006 yoki NRB-2006) hujjatida [140] qurilish maydonlari yuzasidan chiqayotgan radon eksxalyasiya tezligining chegara qiymati quyidagi kattaliklardan oshmasligi talab qilinadi: ≤80 mBk/m2∙sek aholi yashaydigan binolari va ≤250 mBk/m2∙sek ishlab chikarishda foydalaniladigan binolari uchun. Xuddi shunday RET chegara qiymati Rossiyada ham qabul qilingan [141].

Birlashgan millatlar tashkilotining atom radiatsiyasi bo‘yicha ilmiy qo‘mitasi-BMT ARBIQ (NKDAROON yoki UNSCEAR-2000), qurilish maydonlari yuzasi tarqatayottan RET chegara qiymati ≤16 mBk/m2∙sek dan oshmasligini tavsiya qiladi [131].

Radon eksxalyasiyasi tezligini o‘lchash va uning haqiqiy qiymatini aniqlashda hali talay muammolar mavjud. Masalan, jismlar yuzasidan chiqayotgan RETni aniqlashning umumiy metodologiyasi va o‘lchash jarayonini qanday tartib va sharoitda olib borish usullari ishlab chiqilmagan. SHuning uchun ham, dunyoning ko‘pgina davlatlarida (90%), materiallar va qurilish maydonlari yuzasidan chiqayotgan radon tezligi uchun chegara qiymatlari haligacha qabul qilinmagan.


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling