Radon xavfi bor binolarga ko‘rsatiladigan moddiy yordam. Radon xavfi bor uylardagi radon konsentratsiyasini kamaytirish uchun bo‘ladigan moddiy yordam, asosan, uy egalarining xarajatlari hisobiga o‘tkaziladi. Ammo Evropaning oltita davlatida va Amerikaning beshta shtatida radon xavfi bo‘lgan uylarda RHA miqdorini kamaytirish tadbirlariga davlatning o‘zi moddiy yordam ko‘rsatadi [143]. Ko‘rsatiladigan moddiy yordam - grantlar ajratish, ba’zi soliqlardan ozod qilish yoki soliqparni kamaytirish tariqasida bo‘lishi mumkin. Masalan, Irlandiya, SHvetsiya va Norvegiyada radon xavfi bor uy egalariga degishdi mihdorda pul ajratiladi. SHveysariyada soliqlar miqdori kamaytiriladi. Germaniyada esa, xonadonlarda va bolalar uylarida RHA >1000 Bk/m3 bo‘lsa, tegishlicha 30% dan 80% gacha mahalliy hokimiyat tomonidan xarajatlar ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |