Aniqlash usullari


YArimo‘tkazgich detektorlari


Download 1.61 Mb.
bet69/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

5.2. YArimo‘tkazgich detektorlari
Kam hajm, massa va elektr quvvati hisobiga ishlaydigan yarimo‘tkazgichli detektorlarga (YAO‘D) asoslangan radon o‘lchagichlari ba’zi ijobiy jihatlari bilan IK detektorlardan farq qiladi. Kremniy asosidagi YAO‘D detektorlarining afzalligi quyidagilardir: fonningpastligi 10-3/sm2∙sek, gamma va rentgen nurlari fonida ham radon, toron hosilalari -nurlanishlarini qayd qilishi va natijani joriy vaqtda kuzatib borish mumkinligidir. YAO‘D radon o‘lchagichlarning IK radon o‘lchagichlardan prinsipial farqi, detektorlarning zichligidir: - yoki -zarralar gaz kamerasida zaryad tashuvchi ionlarni hosil qilsa, YAO‘D esa zichligi bir necha marta katta bo‘lgan zaryad tashuvchi elektron va teshiklarni hosil qiladi. YAna bir farqi kontakt effekti, ya’ni yarim o‘tkazgichlarda elektrodlar detektor bilan kontakt hosil qilgan joydan zaryadlar chiqishi va kaytish effekti mavjuddir. Alьfa-nurlanishni qayd qilish uchun maxsus texnologiya yordamida kremniy kristallaridan getero‘tkazuvchan sirt-barьer r-n detektorlari tayyorlanadi [194]. Hozirgi paytda sirt-barьerli Si kristallaridan, yuzasi 100 sm2, =5-8 MeV bo‘lgan, =20-30 keV atrofidagi energiyani ajratadigan, xona haroratida ishlaydigan detektorlarni olish keng yo‘lga qo‘yilgan

Radon HA o‘lchaydigan YAO‘D asosan, radon hosilalarini aspiratsion yoki elektrostatik usul bilan qayd qilishga mo‘ljallangan. Birinchi holda, o‘lchanadigan havo hajmi majburiy tarzda aerozolь filьtrlardan o‘tkazilib, unda so‘riladi. Ma’lum vaqtdan keyin filьtrlarda yig‘ilgan - yoki - aktivlik Si detektori yordamida o‘lchanadi. Ikkinchi metod elektrostatik (kuchlanish) maydon yordamida musbat zaryadlangan toron va radon hosilasini (216, 218Ro) Si detektor yuzasiga o‘tqizgandan keyin, ularning -zarralari energiya bo‘yicha qayd qilinadi.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling