Aniqlash usullari
Izlarni sanashda uchqunli razryad usuli
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
5.6.4.1. Izlarni sanashda uchqunli razryad usuli
Uchqunli razryad o‘lchagichining ishlash prinsipi quyidagicha [189]. Kondensator hosil qiluvchi ikkita elektrod (plastinka va alyuminiy lenta) orasiga, qalinligi ≤ 20 mkm bo‘lgan, ekspozitsiyadan keyin edirilgan LR-115 detektori joylashtiriladi. Keyin elektrodlarga ~500 V kuchlanish beriladi, elektrodlar orasida 250 kV/sm ga teng bo‘lgan maydon kuchlanganligi paydo bo‘ladi. Bu kuchlanganlik ta’sirida razryadlanish toki hosil bo‘ladi va bu razryad toki detektorda teshik hosil qiladi. Kondensator elektrodlari qayta zaryadlanib, yana razryadlanganda ikkinchi teshik hosil bo‘ladi. SHu tarika, kuchlanish maydoni va razryad hisobiga detektor yuzidagi hamma mikroizlar teshib chiqiladi. Bu usulning izlarni sanash samaradorligi 95% ni tashkil qiladi. KZIRA-2010Z markali uchqunli razryad o‘lchagichining ishlashi yuqorida qayd qilingan prinsipga asoslangan [174]. Edirish jarayoni tamom bo‘lgandan keyin, LR-115 detektorlari olinib, maxsus ramka orasiga joylashtiriladi. Har bir ramka kodlangan ikki qator parallel teshiklarga ega. Razryad paytida hosil bo‘lgan teshik kodlangan teshikka mos kelishi bilan u avtomatik ravishda hisobga olinadi. Uchqunli razryad asbobida detektorlarni almashtirish qurilmasi ramka kassetasidagi detektorni elektrodlar sistemasiga uzatadi. Bu sistema avtomatik ravishda elektrodlarga kuchlanish-ni ulaydi va razryadlanishdan hosil bo‘lgan teshiklarga kodlangan teshiklar mos kelishi bilan impulьs signali hosil bo‘ladi. So‘ngra bu signallar quchaytiriladi. To‘la razryaddan so‘ng ramkadash detektor kassetaga qaytariladi va o‘rniga yangi detektor qo‘yiladi. Tegishli knopkalar orqali detektorlarning parametrlari xotiraga kiritiladi, hosil bo‘lgan umumiy teshiklar soni o‘lchagich tablosida qayd qilinadi. KZIRA-2010Z uchqunli o‘lchagichida 45 kasseta bo‘lib, LR-115-II detektoridagi izlarning maksimal qayd qilish soni 9998 ga teng [174]. Radonning eng kichik qayd qilish hajmiy aktivligi: 30 kunda — 2 Bk/m3, 7 kunda — 9 Bk/m3, 1 kunda — 60 Bk/m3 nitashkil etadi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling