Aniqlash usullari


Radon - zilzila darakchisi


Download 1.61 Mb.
bet94/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

6.1. Radon - zilzila darakchisi
Er sayyorasida eng ko‘p tarqalgan va joyni egallagan suyuqlik bu suvdir. Litosferani egallagan suv miqsori gidrosferadagi suv miqdoriga yaqin. Er qatlamini egallagan suvning tarqalish chuqurligi ba’zi hollarda 20-30 km dan oshadi. Mana shu chuqurlik intervalida eng ko‘p er qimirlash hodisasi ro‘y beradi. Er osti suvining bir qismi moddalar bilan birikmalar hosil qilib, mineral va tog‘ jinslari tarkibida bo‘ladi. Boshqa qismi esa gazlar bilan birikib, mineral va tog‘ jinslaridagi g‘ovaklarni, bo‘shliqlarni va yoriqlarni to‘ldiradi. SHu sababdan er osti suvlari va gazlari egallagan qismini, seysmik jarayonlarni kuchaytiruvchi muxit deb qarasa bo‘ladi.

Sayyoramizni egallagan er osti, usti, atmosfera va litosfera suvlari bir-biri bilan doimiy bog‘liq va harakatdadir. Er qobig‘ida va butun litosferada kechadigan o‘zaro ta’sir va deformatsiya kuchlari ma’lum darajada er osti suvlari dinamikasi (sathi, harorati, bosimi, kimyoviy tarkibi)ga ta’siri natijasida boradigan tektonik jarayonlarga xos signallarni hosil qiladi. Er osti suv massalarining harakati, ma’lum bir induktiv tebranishlarni yuzaga keltirishi avval ham ma’lum edi. Bu haqsa birinchi gidroseysmik izlanish, 1901-1902 yillari Kavkazda, F. Molьdengauer tomonidan olib borilgan va aniqlangan. U Borjomidagi termomineral suvlardagi davriy o‘zgarishlar bilan mahalliy seysmik jarayonlar orasida bog‘lanishlar borligini aniqyaagan.

Toshkent artezian termomineral suvlaridagi radon aktivligining o‘sib borishini kuzatgan olimlar, bu variatsiyaning zilzilaga bevosita aloqasi borligini aniqlaganlar. 1966 yilgi Toshkent zilzilasi (M=5,3) tabiatini ilmiy tomondan o‘rganish, vatanimizda seysmologiya metodlariga yangi - seymogidrodinamika usulining paydo bo‘lishiga va uning rivojlanishiga sababchi bo‘ldi [191, 192].

6.1-rasmda 1966 yilda ro‘y bergan Toshkent zilzila o‘chog‘idagi artezian termomineral suvlarida radon konsentratsiyasining o‘zgarish chizig‘i




6.1-rasm. Zilzila bosqichlarida Toshkent artezian


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling