Aniqlash usullari


Radon miqdorini va eksxalyasiyasini passiv metod yordamida o‘lchash


Download 1.61 Mb.
bet102/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

6.3. Radon miqdorini va eksxalyasiyasini passiv metod yordamida o‘lchash
Keyingi 15-20 yillar radonning hajmiy aktivligi va eksxalyasiya tezligini aniqlashda asosan qattiq jismli iz detektorlari SR-39 va LR-115-II ko‘p qo‘lladila boshlandi. QJID detektorlari bo‘yichao‘tkazilgan xalqaro konferensiyalarga bag‘ishlab chiqarilgan jurnal va adabiyotlardagi maqolalar shuni ko‘rsatadiki, ularning 60% dan ko‘pi SR-39 detektorlari yordamida amalga oshirilgan [5, 178, 179, 184, 229]. Ma’lumki, QJID detektorlari bilan olib borilgan o‘lchashlar passiv metodlar qatoriga kiradi (5.5-§) va bu o‘lchashlar uzoq davom etganligi (7-90 kun) uchun, radon va uning hosilalarining umumiy (integral yoki kumulyativ) yoki o‘rtacha aktivligini aniqlash imkonini beradi.

O‘zbekiston sharoitida passiv metodlarni qo‘llashning bir necha muhim va afzal tomonlari bor. Respublikada uran, fosforit minerallar va gaz qazib olish, ularni qayta ishlash sanoati yaxshi rivojlangan. Uran qazib olish va uni qayta ishlash davomida hosil bo‘lgan katta radioaktiv qoldiq va chiqindilar to‘plami atrof-muhitga hamda unga yaqin yashash punktlariga noturg‘un xavf soluvchi manbalar hisoblanadi. Xonadonlar va korxona binolaridagi qurilish materiallari radon xavfli zonalardan olingan bo‘lishi mumkin.

Radonning integral aktivligi ma’lum bo‘lsa, uning aholiga beradigan yillik dozasini va xavf darajasini aniq va ishonchli aniqlash mumkin.

Uzbekiston Fanlar akademiyasining yadro fizika institugada radon o‘lchovlari 2000 yillardan boshlangan. SHu davrda QJID detektorlari yordamida davlat va xalqaro grantlar asosida Toshkent viloyatidagi radioaktiv chiqindi to‘plamlariga yaqin joylashgan yashash punktlaridagi uylar va ish xonalardagi radon miqsori o‘lchandi. Viloyat tuproqlari, tog‘ jinslari va qurilish materiallarining radon chiqarish potensiali, ya’ni eksxalyasiya tezligi laboratoriya sharoitida aniqlandi. Bu tajribalarda asosan, SR-39 tishzdagi iz detektoridan foydalanildi. Integral o‘lchashda: o‘rtacha radon aktivligi va zksxalyasiya tezdigi qiymatlari; radonning o‘rtacha yillik effektiv dozasi va xavf koeffitsientlari aniqlandi. Olingan natijalar ilmiy jurnallarda va monografiya-da [218, 219, 226, 227, 229, 230] chop etilib, xalqaro konferensiyalarda [212-217, 220, 222-224, 228] ma’ruza qilingan.



Aktiv va passiv metodlar yordamida RHA va RETni o‘lchash uchun zarur bo‘lgan asboblar, o‘lchash kameralarini tayyorlash, kalibrlash va ular bilan laboratoriya hamda dala sharoitida tajriba ishlarini olib borish to‘g‘risida ushbu monografiyaning II, V va VI boblarida batafsil yozilgan.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling