Aniqlash usullari


Alrha-GUARD yordamida radon eksxalyasiyasini aiiqlash


Download 1.61 Mb.
bet101/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

6.2.3. Alrha-GUARD yordamida radon eksxalyasiyasini aiiqlash
Tuproq va qattiq jismlar yuzasidan chiqayotgan radon eksxalyasiya tezligini aktiv usul bilan aniqpash vositalari to‘g‘risida kitobning 2.4-§ida kerakli ma’lumotlar va Alrha-GUARD o‘lchagachi yordamida aniqlash bo‘yicha misollar keltirilgan edi [107]. Xuddi shunday metod bilan yoz faslida Toshkent metrosining «Pushkin» bekati atrofi va qo‘shni sport maydonlaridagi radon eksxalyasiyasi V.A. Akimov tomonidan o‘lchandi [196, 198]. «Pushkin» bekati va stadion orasida 1966 yil 26 aprelda ro‘y bergan kuchli zilzila natijasida er tagida yorilishlar paydo bo‘lgan. Hozirgi paytda Toshkent shahri va uning atrofida hosil bo‘lgan tektonik yorilishlarning kartasi tuzilgan.

Tuproqsagi radon aktivligini o‘lchash uchun avvaliga yuzasi 50x60 sm2 bo‘lgan maydon ajratilgan, chuqurligi 5-8 sm atrofida qazilib mayda har xil toshlardan va keraksiz chiqindilardan tozalangan. Ulchanadigan yuza o‘rtasiga maxsus tayyorlangan temir panjara o‘rnatilib, panjara ustiga Alrha-GUARD radon o‘lchagichi ko‘yilib, hajmi 50x40x25 sm3 li temir quti bilan yopilib, qutining tapsqi perimetri tuproq bilan bosilib chiqilgan. YUzadan chiqayotgan radonni ekspozitsiya qilish uchun 3-4 soat qoldirilgan.

Tektonik yoriqlar chizig‘i atrofida o‘lchangan va u erlardan chiqayotgan radon oqimining tezligini ko‘rsatuvchi kattaliklar 6.3-rasmda berilgan.

Bu rasmda tektonik zonalardagi yoriqlar butun chiziqlar bilan (1-5) ko‘rsatilgan va ularga mos keluvchi radon eksxalyasiya qiymati yoriqqa yaqinlashgan sari oshib borgan (6-35 mBk/m2∙sek), ya’ni 1-bilan 5-chiziqsagi RET farqi 3-6 martani tashkil qiladi.




6.3-расм. «Пушкин» бекати атрофидаги радоннинг эксхаляция тезлиги:

7-35 мБк/м2∙сек; 2-22 мБк/м2∙сек;

5-12 мБк/м2∙сек; 4-10 мБк/м2∙сек;

5-6 мБк/м2∙сек.


YUqorida keltirilgan er osti siljshplarini va ularning eksxalyasiya kattaliklaridagi farqlarni qurilish maydonlarini tanlayotgavda, albatta hisobga olish zarur. Aks holda qurilgan uy va binolarning er to‘la va birinchi qavatlari havosida radon aktivligi juda yuqori bo‘lishi mumkin. Tektonik anomal joylarning RETining o‘rtacha qiymati geokimyoviy va fizikaviy xususiyatlari bir xil bo‘lgan joylardan 2,8—3 marta yuqori bo‘lishi tajribalarda aniqlangan [198, 199].



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling