Aniqlash usullari
Har xil materiallardan qurilgan uylardagi RHA, Bk/m
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uylar va OFZ radon miqdori, Bk/m 3
- 6.3.2.2. Fasllar o‘zgarishi va radon miqdori
- Turli konstruktiv uylarning kish va yoz oylaridagi RHAsi, Bk/m 3
- 6.3.2.3. To‘shlamlar atrofidagi uylarda radon miqdori
Har xil materiallardan qurilgan uylardagi RHA, Bk/m3
Devorlari kesak, poli taxtadan, shamollatish sistemasi bo‘lmagan bir qavatli uylarda radon miqdori ancha yuqori ekanli-gi qayd qilindi 180-520 Bk/m3. Mahalliy tuprokdardagi toriy va uran konsentratsiyalari instrumental neytron aktivatsion taxdil metodi bilan aniqyaangan bo‘yaib, 232Th uchun 3 — 15,5 mg/kg [221] va 238U uchun 1,3-2,8 mg/kg ni tashkil qilgan [225]. Bu erda shuni ta’kidlash mumkinki, bir qavatli uylar turgan er yuzasi va uning devori asosiy radon manbalaridir. Ko‘p qavatli beton uylarning birinchi qavatida RHA 45—97 Bk/m3 atrofida, ikkinchi qavatida esa 35—67 Bk/m3. Qavatlar yuqorilashgan sari xonalardagi RHA kamayib borishi, 8- va 9-qavatda esa RHA 30-42 Bk/m3 atrofida ekanligi kuzatilgan. Pishgan g‘ishtli va tabiiy ventillyasiyasi bo‘lgan bir va ikki qavatli uylarda RHA 75-120 Bk/m3 ga teng bo‘lib, mahalliy uylardagiga qaraganda RHA 50% va undan ham kam bo‘lgan. 2002 yilning kuzida, ikki hafta davomida Olmaliq shahar uylaridagi va OFZssexi va omborxonasidagi radon miqsori o‘lchandi, o‘lchash natijalari 6.6-jadvalda keltirilgan. 6.6-jadval Uylar va OFZ radon miqdori, Bk/m3
Ushbu jadvalga ko‘ra, poyd evori past, devori paxsadan ko‘tarilgan bir qavatli uylar havosidagi radon miqdori 120-260 Bk/m3, betonli uylarda 45- 85 Bk/m3 atrofida ekanligi kuzatildi. 6.3.2.2. Fasllar o‘zgarishi va radon miqdori Er ustida muz pardasiyugag paydo bo‘lishi, er tagidan atmosferaga chiqayotgan radon oqimiga to‘siq bo‘lipsh mumkin. YOz paytida havo haroratining 40°S dan ko‘tarilishi er ustki qavatidagi tuproq g‘ovakligini oshiradi. Natijada tuprokdagi kapillyar kanallar ochilib, pastdan ko‘tarilayotg‘an radon oqimini atmosferaga o‘tishi ko‘payadi. Buqday fasl o‘zgarishlari va radonning fasliy variatsiyalari xonadonlar havosidagi RHAga qanday bog‘liqlig‘ini o‘rganish radioekologiya uchun juda muhimdir. Qish va yoz oylarida to‘qqiz qavatli TBU uylar (№1), ikki qavatli PG‘U kottej (№ 2) va uch qavatli PG‘U (№ 3)da olib borilgan radon o‘lchashlari natijasi 6.7-jadvalda keltirilgan [204, 210]. 6.7-jadval Turli konstruktiv uylarning kish va yoz oylaridagi RHAsi, Bk/m3
Uylar havosidagi radon miqsori ba’zan A1fa-GUARD radon monitori bilan ham nazorat qilib borilgan. 6.7-jadvaldan, to‘qqiz qavatli TBU uylardagi o‘rtacha RHA ~ 60 Bk/m3 bo‘lsa, qish va yoz oylari mos holda 46-87 Bk/m3 va 28-49 Bk/m3 ni tashkil qilgani ko‘rinib turibdi. G‘ishtli uylarning birinchi qavatidagi o‘rtacha ak-tivlik -151 Bk/m3, ikkinchi va uchinchi qavatlarga nisbatan uch marta ko‘p. Beton uylarning birinchi qavatidagi uylarning RHA qiymati 36-66 Bk/m3 bo‘lsa, bir qavatli kesakli uylardagi o‘rtacha aktivlik 61-384 Bk/m3 atrofida o‘zgargan bo‘lsa, ba’zi uylarda maksimal RHA qiymati 520±130 Bk/m3 ni tashkil qilgan. SHamollatish sistemasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan erto‘lalardagi o‘rtacha aktivlik ~ 1200 Bk/m3 bo‘lgan. 6.7-jadvalga ko‘ra, ko‘p qavatli beton va g‘ishtli uylar havosidagi radon miqdori yozda, qishga nisbatan ikki martagacha kam bo‘lishi kuzatilgan. Buning sababi, bu uylarda tabiiy havo aylanish sistemasidan tashqari yoz oylarida qo‘shimcha sovutish ventilyasiyalarining ishlashi natijasida RHA mikdori kamaygan. Paxsa yoki tuproqsan ko‘tarilgan ventillyasiyasi bo‘lmagan bir qavatli uylarda radon miqdori qishda (96±24-520±130) Bk/m3, yozda esa (183±46-248±62) Bk/m3 atrofida kuzatilgan. Biroq ba’zi uylarda yozning issiq kunlarida radon miqsori qishga nisbatan yuqori bo‘lishlish SR-39 detektori yordamida aniqlandi. Masalan, o‘lchashlar olib borilgan uchta xonadonda «yoz/qish» o‘lchashlari quyidagicha: 355/230, 183/96 va 313/131 nisbatda aniqlangan. Bunday g‘ayritabiiy nisbat o‘zgarishlarining sababi, ba’zi mahalliy uylarda, yoz oylari tashqaridan issiq va chang havoning kirmasligi uchun xonalar juda yaxshi izolyasiya qilingan va xonalarda havo aylanishi past bo‘lgan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mahalliy uylar, asosan bir qavatli bo‘lib, qurilish materiallari paxsa yoki sinchli devorlardan iborat bo‘lgan. Bunday uylardagi RHA mikdori beton yoki pishgan g‘ishtdan ko‘tarilgan ko‘p qavatli uylardagiga nisbatan katta bo‘lgan. Ba’zi mahalliy uylardagi radon mikdorining yozda, qishdagiganisbatan (355/230, 183/96 va 313/131) 1,5-2 martayuqori bo‘lishini - er maydoniga, qurilish materiallariga, havo almashish sistemasiga yoki an’anaviy odatlarga bog‘lashadi [214, 215]. 6.3.2.3. To‘shlamlar atrofidagi uylarda radon miqdori Ko‘p yillar davom etgan uran kazib olish va uni qayta ishlash jarayoni natijasida O‘zbekistonning janubi-sharqiy qismida (CHotqol-Qurama tizmasi) ko‘p mikdorda uran chiqindilari va qoldiqlari to‘plami hosil bo‘lgan. Bu uran to‘plamlari, unga yaqin joylashgan aholi muhitiga radiatsion noturg‘unlik (destabilizatsiya, destabilization) olib keluvchi faktorlardan biridir. Mahalliy hokimiyatlarning doimiy nazoratida bo‘lgan bu ob’ektlar, beton devorlar bilan o‘ralgan va yuza qismi qalin tuprok katlami bilan qoplangan. SHunga qaramasdan vaqt o‘tishi va tabiatning shamol, yomg‘ir, qor, zilzila, issiq va sovuqlari ta’sirida tosh va beton devorlarning buzilishi va to‘plam qoldiqlari qurilish materiallari sifatida ishlatilishi mumkin. Ma’lumki, uran chiqindilari, atrof-muxitga va yakin joylashgan uylar aholisi salomatligiga xavf solishi mumkin. YAngiobod, Qiziltepa va CHorkesar posyolkalari, mana shunday uran chiqindi va qoldiqlariga yaqin joylashgan aholi punktlaridir. 2006-2008 yillarda uylardagi, maktablardagi, bog‘chalardagi, kasalxonalardagi, ma’muriy va maishiy binolardagi radon mikdori aktiv (RAA-01M va RRM-145) va passiv iz detektorla-ri (SR-39) yordamida o‘lchandi va axoli oladigan YED dozalari aniqlandi [224, 226]. Uchta posyolka uylaridagi va binolaridagi radon aktivligi yoz va qish oylarida o‘lchangan bo‘lib, uning natgokalari 6.8-jadvalda keltirilgan. 6.8-jadval Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling