Aniqlash usullari
Toshkent metropolnteni bekatlarida RHA aktivligining taqsimlanishi
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
Toshkent metropolnteni bekatlarida RHA aktivligining taqsimlanishi
Bekatlardagi HAT = 0,1 st -1 bo‘lganda eng yuqori radon aktivligi «Pushkin» bekatida kuzatildi. Uning o‘rtacha aktivligi-137Bk/m3, maksimumi esa- 177 Bk/m3. «Mashinasozlar» va «CHorsu» bekatlarida mos holda o‘rtacha qiymatlari 55 va 68 Bk/m3, maksimumi esa 143 va 114 Bk/m3 ni tashkil qilgan. «Pushkin», «Mashinasozlar» va «CHorsu» bekatlarida radon aktivligi boshqa bekatlarga nisbatan 1,4-2,2 marta yuqori. Buning sababi ular er osti tektonik yoriqlariga juda yaqin joylashgan. Boshha bekatlarda RHA o‘rtacha qiymati 50—80 Bk/m3 atrofida kuzatilgan. Metro ishlamaydigan (01,30-4,30), ya’ni HAT tezligi kamaygan soatlarda, «Pushkin» bekatidagi RHA aktivligi «YOshlik» bekatiga nisbatan 4,3 marta, eng tig‘iz soatlarda (17—20) 6,7 marta va boshqa soatlarda esa 5,0 marta ko‘p bo‘lgan. Tajriba paytida seysmik hodisalar kuzatilmagan va bekatlardagi havo harorati, namligi va bosimning o‘zgarishi ±7% atrofida qayd qilingan. Bu ikki bekat atmosferasida radon mikdorining juda katta farq qilishiga sabab, «Pushkin» bekati atrofida, 1966 yilgi kuchli zilziladan keyin radon to‘plovchi, tektonik yoriq va bo‘shliqlarning hosil bo‘lipshdir. Albatta, bunday tektonik joylarda, radonning eksxalyasiya tezligi boshqa joylarga nisbatan yuqori bo‘ladi va radon er osti drenaj kollektorlari yoki kanalizatsiya quvurlarida hosil bo‘ladigan oqimlar orqali binolar va uylarga kirib kelishi mumkin. Toshkent metropoliteni er osti qurilmalari va bekatlariga radon gazi ikki yo‘l bilan kirib kelishi mumkin. Birinchisi, er osti tuproq va jismlaridan diffuzion emanatsiya tufayli hosil bo‘lgan radon shu muhitda mavjud bo‘lgan havo oqimi kanallaridagi harakat tufayli metro atmosferasiga kirib keladi, ikkinchisi, er ostida avvaldan tektonik o‘zgarishlar sababli paydo bo‘lib kolgan bo‘shliq va yoriqlarda to‘planib qolgan radon u erda mavjud bo‘lgan tabiiy ventillarning (tashqi noturg‘un faktorlar ta’sirida) ochilib va yoshshib turishi vaqtida kirishi mumkin. Gashqi noturg‘un faktorlarga o‘sha muhitdagi harorat, bosim, mikroseysmik va, hatto, quyosh aktivligining o‘zgarishi ham sababchi bo‘lishi mumkin. Bu faktorlar joylardagi radon aktivligini bir necha o‘nlab marta davomiy ko‘tarilishiga olib keladi. 1999 yilning 16-18 avgustida «Mashinasozlar» va «Do‘stlik» bekatlaridagi radon o‘lchagichlar radon aktivligining davriy o‘zgarib turishini qayd qilgan. Bu ikkita bekatni zilzila hosil qilgan tektonik er osti yorig‘i kesib o‘tgan. Erosti suvlari, botqoqlik va qumlik sathlardan diffuzion kuchlar tufayli ajralib chiqqan radon gazi konveksion oqimlar tufayli yoriq bo‘shliqpariga to‘plangan va atrofga ortiqcha to‘plangan radon to‘plami davriy tarzda o‘zgarmay turgan. «Mashinasozlar» bekatida boshlang‘ich bir yarim soat davomida radon qiymati 24 Bk/m3 dan 110 Bk/m3 ga ko‘tarilgan, keyingi 6,5 soat davomida RHA 120-140 Bk/m3 atrofida saqlangan; «Do‘stlik» bekati «Mashinasozlar» bekatiga nisbatan yoriq o‘tgan meridiandan uzoqroq joylashgani uchun ham u erda radon aktivlik kattaligi kamroq bo‘lgan vafarqi 3,5 martani tashkil qilgan. Er qobig‘ida hosil bo‘lgan tektonik anomaliyalar - yoriqlar, uzilishlar, bo‘shliqlar va siljshilar erosti inshootlaridaradon maydonining hosil bo‘lishiga va uning mikdor o‘zgarshpiga ham ta’sir o‘gkazadi. Masalan, Toshkent metropolitenidagi tektonik anomal joylarga yaqin joylashgan bekatlardagi radon qiymati bopgqa bekatlardan o‘rtacha 1,7 marta ko‘p bo‘lganliga aniqlandi. Xulosa qilib aytganda, metro bekatlaridagi radonning hajmiy aktivligining qiymati chegaraviy qiymatlardan yuqori emasligi tajribalardan aniqpandi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling