Aniqligi mashinasozlikda yuqori sifatli mahsulot


-rasm. Detalga ishlov berish tannarxining uni tayyorlash aniqligiga


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana29.03.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1305960
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AMALIY MASH.GA NAMUNA p65-77

4.1-rasm. Detalga ishlov berish tannarxining uni tayyorlash aniqligiga 
bog‘liqligi: 
1) val – yo‘nish, metall sovuq kiryalash usulida tayyorlangan; teshik – 
parmalash; 2) val – yo‘nish; teshik – parmalash, razvertkalash; 3) val 
– yo‘nish, jilvirlash; teshik – parmalash, razvertkalash; 4) val – yo‘nish, 
jilvirlash, yakunlash; teshik – parmalash, razvertkalash, yakunlash. 


69
4.2-rasm. Ishlov berish usulining iqtisodiy aniqligi.
A nuqta jilvirlashdagi iqtisodiy anqlikning pastki chegarasini (afzal 
aniqlikning eng pasti) va frezalash aniqligining eng yuqori chegara-
sini tavsiflaydi. Ishlov berishning ruxsat etilgan xatoligi Δ

dan katta 
bo‘lsa, yuzani frezalash afzalroq; ruxsat etilgan xatolik Δ

dan
kichik 
bo‘lsa, yuzani jilvirlagan ma’qul.
Iqtisodiy aniqlikning har xil ishlov berish usullari uchun qiymat-
lari texnologik bildirgichlarda keltirilgan. Bu bog‘lanish har xil ish-
lov berish usullari uchun har xil va ishlab chiqarish dasturiga bog‘liq.
Ammo sanoatda seriyalab va yalpi ishlab chiqarish sharoitlari uchun 
har xil ishlov berish usullar xatoliklari qiymatlarining iqtisodiy jihat-
dan asoslangan joiz chegaralari o‘rnatilgan.


70
2. Ishlov berish aniqligiga ta’sir qiluvchi omillar 
Metall kesish stanoklarida ishlov berish aniqligiga quyidagi asosiy 
omillar ta’sir qiladi:
1) stanoklarning geometrik noaniqliklari. Bu noaniqliklar sababi
ularni tayyorlashdagi noaniqliklar bilan bir qatorda ishqalanuvchi de-
tallarning ekspluatatsiya jarayonida yeyilishi bo‘lib, o‘qlarning o‘za-
ro parallelligi va perpendikularligi buzilishi, yo‘naltiruvchilar, yuritish 
vintlarining noaniqligi yoki nosozligi kabilar shaklida bo‘lishi mumkin;
2) kesish va yordamchi asboblar o‘lchamlarining noaniqligi va 
ularning ish davomida yeyilishi;
3) asbobni o‘lchamga o‘rnatish va stanokni o‘lchamga sozlash xa-
toligi;
4) ishlov beriladigan detalni stanokka yoki moslamaga o‘rnatish 
xatoligi;
5) ishlov berishda stanok detallari, ishlov berilayotgan zagotovka 
va kesish asbobi texnologik tizimning (stanok–moslama – asbob – za-
gotovka) bikirligi yetarli bo‘lmagani uchun kesish kuchlari ta’sirida 
deformatsiyalanishi;
6) ishlov berilayotgan zagotovka, stanok detallari va asbobning 
kesish jarayonida notekis qizishidan hosil bo‘ladigan issiqlik defor-
matsiyalari;
7) detal materiallaridagi ichki kuchlanishlar ta’sirida yuzaga kela-
digan deformatsiyalar;
8) o‘lchash asbobining noaniqligi, unga temperaturaning ta’siri 
va detal yuzasi sifati pastligi hamda o‘lchash asboblaridan noto‘g‘ri 
foydalanish kabilar natijasida yuzaga keladigan o‘lchash xatoliklari;
9) ish bajaruvchi yo‘l qo‘yadigan xatoliklar.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling