Aniqligi mashinasozlikda yuqori sifatli mahsulot


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana29.03.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1305960
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AMALIY MASH.GA NAMUNA p65-77



65
4. ISHLOV BERISHNING IQTISODIY
 
ANIQLIGI
 
Mashinasozlikda yuqori sifatli mahsulot olishga asosan ishlov be-
rish aniqligni oshirish orqali erishiladi. Ammo ishlov berish aniqli-
gini chegaralovchi omil iqtisodiy omil hisoblanadi. Ushbu amaliy 
mashg‘ulot uchun [18] adabiyot manbasida keltirilgan ma’lumotlar 
asos qilib olindi. Uni bajarish uchun yordamchi manbalar sifatida 
ГОСТ lar, mashinasozlik texnologiyasi bo‘yicha normativ hujjatlar, 
turli bildirgichlar va xorijiy va mahalliy nashrlardan keng foydalnish 
talab etiladi. Ulardan foydalnish to‘g‘risidagi ma’lumotlar matnda 
o‘z o‘rnida berib boriladi.
Ishdan maqsad: Ishlov berish xatoliklarining paydo bo‘lish sa-
bablari va ularni hisoblash to‘g‘risida tasavvurlar hosil qilish.
1. Nazariy ma’lumotlar
Ishlov berish aniqligi to‘g‘risida tushuncha
Mashinani konstruksiyalash va tayyorlash jarayonida mustahkam-
lik, yeyilishbardoshlik va kinematik hisoblar bilan bir qatorda aniqlik 
bo‘yicha ham hisoblashlar olib boriladi. Ishlov berish aniqligi degan-
da tayyor detalning chizmada qo‘yilgan talablarga va texnik shartlar-
ga javob berish darajasi tushuniladi.
Xatoliklar doim paydo bo‘lib turishi sababli hech qaysi detalni 
absolut aniqlik bilan tayyorlab bo‘lmaydi va bu amalda talab qilin-
maydi ham. Ishlov berish aniqligini ta’minlash – bu zagotovkaga 
ishlov berish jarayonida detal geometrik parametrlarining chizmada 
konstruktor tomonidan ko‘rsatilgan dopusklar chegarasida bo‘lishini 
ta’minlash demakdir.
Detalning yuzalari o‘lchamlari, shakli va nisbiy holatlariga do-
pusk ko‘rinishida beriladigan aniqlik detal chizmasida ko‘rsatiladi. 
Ishlov beriladigan yuzalarning g‘adir-budirligi alohida baholanadi, 
ammo ishlov berilgan yuzalar aniqligi bilan g‘adir-budurligi orasida 
ma’lum bog‘liqlik mavjud.


66
Talab qilinayotgan aniqlikni texnolog ta’minlaydi va buning uchun 
u ishlov berish xatoliklarining kelib chiqish sabablarini aniq tasavvur 
qila olishi kerak.
Ishlov berish natijasida olingan aniqlik quyidagi parametrlar orqali 
aniqlanadi.
1. Detal yuzalarining geometrik jihatdan to‘g‘ri shakllardan 
og‘ishi. Masalan, silindrik yuzalar biroz konus, oval shakliga ega 
bo‘lishi yoki o‘qlarning siljishi yuz berishi mumkin va h.k.; tekis 
yuzalar – biroz qabariqlik yoki botiqlikka ega bo‘lishi mumkin. Ko‘p 
hollarda yuza shaklining og‘ishlari uning o‘lchamiga qo‘yilgan do-
pusk chegarasida belgilanadi. Masalan, val bo‘yinchasiga ishlov be-
rishda ruxsat etilgan ovallik va konuslilik odatda diametral o‘lcham-
ga qo‘yilgan dopuskning yarmi chegarsida bo‘ladi.
2. Detallar yuzalarining o‘zaro to‘g‘ri joylashishdan og‘ishi. O‘za-
ro joylashish xatoligiga detal yuzalarining ekssentrikligi (o‘qdoshlik-
dan og‘ish), parallellik va perpendikularlikdan og‘ish, teshiklarning 
bir-biriga nisbatan joylashishidagi og‘ishlar va h.k.lar kiradi.
3. Detal haqiqiy o‘lchamlarining ruxsat etilgan chegaralardan 
og‘ishlari. Detalga ishlov berish sermehnatligi hamda narxi ko‘p ji-
hatdan talab etilayotgan aniqlikka bog‘liq bo‘ladi va aniqlik oshgan 
sari orta boradi. O‘lchamlarning chizmada berilgan aniqligiga har xil 
texnologik usullar yordamida erishish mumkin. 
Yakka tartibda ishlab chiqarish sharoitlarida bunga har bir zago-
tovkani stanokka o‘rnatishda uni tekshirish usuli bilan bazalash, za-
gotovkadan sinov qirindi olish va o‘lchash amallarini ketma-ket 
bajarish orqali erishiladi. Chizmada berilgan o‘lcham aniqligi ish-
chining malakasiga bog‘liq bo‘ladi va ketma-ket yaqinlashish usuli 
bilan ta’minlanadi.
Seriyalab va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida aniqlik oldin-
dan sozlab qo‘yilgan stanokda o‘lchamlarni avtomatik olish usuli 
orqali ta’minlanadi. Zagotovka oldindan tanlangan baza yuzalariga 
qo‘shimcha tekshirishlarsiz o‘rnatiladi. Zagotovkalar partiyasi yetar-
licha katta bo‘lganda bu usul ancha samarali hisoblanadi, chunki 


67
ishlov berish bitta o‘rnatishda bajariladi va stanokni sozlash ham-
da moslashga sarflanadigan vaqt ko‘p zagotovkalarga taqsimlanadi. 
Bunda ishlov berish aniqligi sozlovchi malakasiga bog‘liq. Sozlovchi 
kesish asbobni almashtirganda uni sozlaydi yoki o‘tmaslashgan as-
bobni rostlash ishlarini bajaradi.
Ikkala holatda ham aniqlikka subyektiv faktor ta’sir qiladi. Bu 
ta’sir o‘lchamli kesish asboblarini (razvertkalar, metchiklar, parmalar, 
ariqchalar uchun kalibr keskichlar va h.k.) qo‘llash orqali bartaraf 
etilishi mumkin. 
Biror yuzani ishlash uchun qo‘llaniladigan har bir ishlov berish 
usuli, eng avvalo uning aniqligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun 
texnologik jarayonni loyihalashda talab etilgan aniqlikni ta’minlash 
uchun xatolikni keltirib chiqaruvchi sabablarni hisobga olishga to‘g‘ri 
keladi.
Aniqlikning erishish mumkin bo‘lgan va iqtisodiy turlarini ajra-
tib ko‘rsatish mumkin. Mexanik ishlov berishning erishish mumkin 
bo‘lgan aniqligi deganda yuqori malakaga ega ishchi tomonidan si-
fatli asbob va a’lo darajadagi texnik holatda bo‘lgan stanokda chega-
ralanmagan vaqt va sarf-xarajatlar evaziga olinadigan aniqlik tushu-
niladi. Real ishlab chiqarish sharoitlarida esa ishlov berishning turli 
usullari uchun sanoatning ko‘p yillik tajribasi asosida ishlab chiqil-
gan vaqt, mehnat, material sarflashning afzal va muayyan chegaralari 
belgilab qo‘yilgan. 
Yuzaga tanlangan usulda ishlov berilganda ushbu yuzaga ishlov 
berishning boshqa usullari qo‘llanganga nisbatan kam sarf-xarajatlar 
bilan olingan aniqlik darajasiga iqtisodiy aniqlik deyiladi. Iqtisodiy 
aniqlikka ishga to‘liq yaroqli bo‘lgan stanok yordamida, kerakli as-
bob va moslamalarni to‘g‘ri qo‘llab va normal ish jadalligi sharoitida 
erishiladi. Iqtisodiy aniqlik darajasi ishlab chiqarish sharoitlariga qa-
rab o‘zgarishi mumkin.
Yuzaga biror usul bilan ishlov berishning iqtisodiy aniqligi 
bu usulni qo‘llash sarflari shu yuzaga ishlov berish uchun yaroqli 
bo‘lgan boshqa usulni qo‘llashdagi sarflardan ko‘p bo‘lmagani bilan 


68
tavsiflanadi. Ishlov berish sarf-xarajatlari bilan ishlov berish aniqligi 
o‘rtasidagi aloqadorlik 4.1-rasmdagi grafikda ko‘rsatilgan.
Agar yassi yuzaga frezalash yo‘li bilan ishlov berish (4.2-rasm, 
I egri chiziq) va o‘sha yuzani jilvirlash (4.2-rasm, I I egri chiziq)
sarf-xarajatlari S ning ishlov berish aniqligi (Δ xatolik) bilan bog‘liqli-
gi grafik orqali tasvirlansa, ishlov berish xatoligi qandaydir Δ

ga 
teng bo‘lganda ikkala usul bilan ishlov berish sarf-xarajatlari bir xil 
bo‘lganini ko‘ramiz (C
1
tannarx).

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling