Aniqligi mashinasozlikda yuqori sifatli mahsulot


-rasm. Zagotovka (po‘lat halqa) stanokka o‘rnatilguncha (a)


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana29.03.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1305960
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AMALIY MASH.GA NAMUNA p65-77

4.3-rasm. Zagotovka (po‘lat halqa) stanokka o‘rnatilguncha (a), 
stanokka o‘rnatilgandan keyin (b), ishlov berilgandan keyin (s) va 
stanokdan yechib olingandan keyin (d).
Patrondan yechib olingandan keyin detalning tashqi yuzasi o‘zi-
ning ilk shakliga qaytadi, kengaytirilgan teshik shakli esa buziladi 
(4.3-rasm, d). Bu yuza xatoligi sirtqi va ichki urinma aylanalar dia-
metrlari farqiga teng bo‘ladi.
a) b) c) d) 


76
Ishlov berish jarayonida texnologik tizimning kesish kuchlari 
ta’sirida deformatsiyalanishi
Ishlov berish jarayonida kesish kuchlari ta’sirida texnologik tizim 
deformatsiyalanadi (4.4-rasm). Masalan, kesish kuchlari ta’sirida 
yuklangan stanokning old markazi OO o‘qqa nisbatan h
1
, orqa 
markazi esa h
2 
masofaga siljishi mumkin. Bu holda zagotovka h
3
masofaga egiladi, keskich supporti esa h
4 
masofaga suriladi.
4.4-rasm. Texnologik tizimning kesish kuchlari ta’sirida 
deformatsiyalanishi. 
Amalda bu deformatsiyalar birgalikda yoki alohida yuzaga kelishi 
va zagotovka shaklining silindriklikdan og‘ishiga olib kelishi mum-
kin (4.5-rasm).
4.5-rasm. Zagotovkaga ishlov berishda xatolik paydo bo‘lishi; a va c past 
bikrlikka ega zagotovka; b markaz bikir bo‘lmagan holat.


77
Yuzaga kelayotgan deformatsiyalarni baholash uchun bikirlik tu-
shunchasidan foydalaniladi. Bikrlik j – sistemaning kuchlarga bardosh 
bera olishi demakdir. U deformatsiya yo‘nalishida ta’sir qilayotgan 
kuchning yuzaga kelgan deformatsiyaga nisbati bilan ifodalanadi. 
Detallarga yo‘nib ishlov berishda eng katta deformatsiya keltirib 
chiqaruvchi kuch bu – kesish kuchining radial tashkil etuvchisi
bo‘lgani uchun
(4.4)
bu yerda
 sistemaning  kuch ta’sirida deformatsiyalanishi, 
mm.
16K20 rusumli tokarlik stanogining asosiy uzellari taxminan 
quyidagi bikirlikka ega: old babka j
old
=1·10
5
N/mm, orqa babka
j
orqa
=5·10
4
N/mm, support j
supp
=75·10
3
N/mm.
Asbobning deformatsiyalanishi katta ishlov berish xatoliklari-
ni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, teshik parmalashda l/d>5
bo‘lganda (l – ishlov berilayotgan teshik uzunligi, d – teshik dia-
metri) parma asosiy kesish yo‘nalishidan chetlana boshlaydi. Teshik 
kengaytirishda kengaytirish borshtangining deformatsiyasi yuzaga 
kelishi teshik diametrining kichikroq bo‘lib qolishiga olib keladi.
Texnologik tizimning issiqlik deformatsiyalari
Ishlov berish jarayonida kesish ishi asosan issiqlik hosil bo‘lishi-
ga sarflanadi (85 ... 90% gacha). Hosil bo‘layotgan issiqlik qirindi
(50 ... 86%), keskich (40 ... 10 %) va zagotovka (9 ... 3%) o‘rtasi-
da taqsimlanadi. 1% ga yaqin issiqlik atrof muhitga tarqaladi. Kes-
ish zonasida ajralib chiqayotgan issiqlik va undan hosil bo‘ladigan 
temperaturaviy deformatsiyalar stanok qismlari, asbob va zagotovka 
o‘rtasida notekis taqsimlanadi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling