Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
4
UO‘T 631.318
G‘O‘ZA QATOR ORALARIDAGI KO‘NDALANG POLLARNI OLISH VA
ULARNI BUZISH TEXNOLOGIK JARAYONLARINI
MEXANIZATSIYALASHNING AHAMIYATI
Olimov Hamid Haydarovich
− Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti, t.f.PhD., dotsent,
holimov@mail.ru
Annotatsiya: Ushbu maqolada g‘o‘za qatorlari orasida ko‘ndalang pollarni
olish va ularni buzishning ahamiyati hamda bu texnologiya jarayonlarni
mexanizatsiyalash masalasi o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar: Ko‘ndalang pollar, ko‘ndalang pollarni oladigan va ularni
buzadigan moslamalar, tuproqning namligi, tuproqning qattiqligi, tuproqning
zichligi
Kirish. Respublikamiz paxtachilik hududlaridagi sug‘oriladigan еrlar tabiiy-
iqlim va tuproq sharoitlari, tuproqning mexanik tarkibi, unga ishlov berish
texnologiyasi va qo‘llaniladigan mashina turlari, ularga qo‘yilgan agrotexnik
talablarga ko‘ra uch mintaqaga bo‘lingan. Uchinchi mintaqaga kiradigan nisbiy
sho‘rlanganligi mavjud paxtachilik hududlari (Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari
va Qoraqalpog‘iston Respublikasi)da paxta etishtirish davrida birinchi sug‘orishdan
oldin dalaning nishabligi va undagi nisbiy notekisliklardan kelib chiqqan holda
g’o’za qator oralarida bo‘ylama va ko‘ndalang pollar hosil qilinadi. Ushbu hosil
qilingan bo‘ylama va ko‘ndalang pollar orqali g‘o‘za maydonlari kichik bo‘laklarga
bo‘linib, bostirib sug‘orish ishlari amalga oshiriladi va bu usul hudud dalalaridagi
mavjud sho‘rni bostirishga xizmat qiladi. Chunki ushbu hududda ekinlarni
bostirib sug‘orish usulini qo‘llash natijasida ulardan еtarli darajada hosil olish
mumkin. Aks holda tuproq sho‘rining dala yuzasiga ko‘tarilishi natijasida
o‘simliklarning rivojlanishi yomonlashadi (hattoki ularning qurib qolish holatlari
kuzatiladi), hosildorlik pasayadi. Dala nishabligi va unda notekisliklarning
mavjudligi sababli dalada bo‘ylama va ko‘ndalang pollarni hosil qilmasdan g‘o‘zani
talab darajasida bostirib sug‘orishning imkoni yo‘q (1; 26-28 b, 2;14-15 b, 3; 4-b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |