Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 

2-rasm. Tuproq solishtirma qarshiligi (K) ni
uning namligi (W) ga bog‘liq ravishda o‘zgarishi 
Grafikdan ko‘rinib turibdiki, tuproq namligiga bog‘liq holda uning solishtirma 
qarshiligi o‘zgarib boradi va tuproqning namligi 16-20 % bo‘lganda uning 
solishtirma qarshilik minimal qiymatga ega bo‘ladi. Bu esa tuproqning yumshoqligi 
bilan harakterlanadi. 
Tuproq namligini o‘zgarishi bilan birga uning qattiqligi ham o‘zgarib boradi. 
Tuproqning qattiqligining kam bo‘lishi ish organi lemexi orqali oson kesilishida 
energiya sarfi kam bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tuproqning qattiqligining uning 
namligiga bog‘liq o‘zgarishi 3-rasmdagi grafikda keltirilgan. 
 
3-rasm. Tuproq qattiqligi (R) ni
namlikka (W) bog‘liq ravishda o‘zgarishi 
3-rasmdan ko‘rinib turibdiki, tuproq namligi 5 % va undan kam bo‘lganda 
uning qattiqligi yuqori, tuproq namligi oshishi bilan uning qattiqligi mos ravishda 
kamayib boradi. 
Shuning uchun g‘o‘za qator oralarida ko‘ndalang pol hosil qilish davrida 
tuproqning o‘rtacha namligi 15-18 % atrofida bo‘lishi maqsadga muvofiq [7. 16-b]. 
Ko‘ndalang pollarni oladigan va ularni buzadigan moslamalar alohida holda 
ishlatiladi. Chunki ko‘ndalang pollarni oladigan moslama g‘o‘zani sug‘orishdan 


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 

oldin qo‘llanilsa, ularni buzadigan moslama esa sug‘orishdan keyin g‘o‘zaga ishlov 
berish maqsadida qo‘llaniladi. Har ikkala moslamani ham energiyatejamkorlikni 
ta’minlash maqsadida shu davrda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlar bilan birga 
qo‘llash, ya’ni ko‘ndalang pollarni oladigan moslamani g‘o‘za qator oralarida 
sug‘orish egatlari ochish texnologik jarayoni bilan birgalikda, ko‘ndalang pollarni 
buzadigan moslamani esa sug‘orishdan keyin g‘o‘zaga ishlov berish texnologik 
jarayoni bilan birgalikda bajarish maqsadga muvofiq. 
Paxta ekilgan maydonlardagi nisbiy notekisliklar dalaning bir tekis 
sug‘orilishiga to‘sqinlik qilib, ayrim qatorlardagi g‘o‘za nihollarining suvdan 
to‘ymay qolishi yoki umuman sug‘orilmay qolishiga olib keladi. Buning oldini 
olishning eng maqbul usuli bu g‘o‘za qatorlari orasida bo‘ylama va ko‘ndalang 
pollarning dala notekisligini inobatga olgan holda va еtarli miqdorda hosil qilishdir.
Xulosa. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot instittutining bir 
guruh olimlari tomonidan g‘o‘za qator oralarida ko‘ndalang pollarni oladigan va 
ularni buzadigan moslamalarni yaratish, ishlab chiqish va dala sinovtarni o‘tkazish 
bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borlmoqda. Ushbu ishlab chiqariladigan 
moslamalar qo‘llash orqali ko‘ndalang pollarni hosil qilish jarayonida mehnat sarfi 
kamayib va ish unumi bir necha baravarga oshadi hamda asosiysi ushbu moslamalar 
g‘o‘za qatorlari orasiga ishlov berish maqsadida qo‘llaniladigan kultivatorga qulay 
agregatlanadi va uning ish jarayonlarga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling