Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Masalaning qo‘yilishi va tadqiqot usuli


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Masalaning qo‘yilishi va tadqiqot usuli. Paxtachilik xo‘jaliklarida tuproq 
sharoitidan kelib chiqib, asosan birinchi sug‘orish jarayonida bir marta bo‘ylama 
pollar hosil qilinsa, ko‘ndalang pollar barcha sug‘orishlardan oldin olinadi va 
sug‘orishlardan keyingi qator oralariga ishlov berishda ular buzib tashlanadi. Ushbu 
texnologik jarayonlarni bugungi kunga qadar qo‘l kuchi orqali bajarilib 
kelinayotganligi paxta еtishtirishda qo‘l mehnati va boshqa xarajatlar sarfini 


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 

oshishiga hamda mexanizatsiyalashganlik darajasini pasayishiga sabab bo‘lmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab 
chiqilgan namunaviy texnologik xaritalar asosida uchinchi paxtachilik mintaqalarga 
kiruvchi hududlarning qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqilgan 
“Qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot etishtirish bo‘yicha” ishchi 
texnologik xaritalarda qator oralig‘i 60 cm kenglikda ekilgan g‘o‘zani sug‘orishdan 
oldin har bir gektar maydon uchun o‘rta hisobda jami 400 m, shu jumladan 200 m 
bo‘ylama va shuncha ko‘ndalang pollarni hosil qilish keltirib o‘tilgan [4. 6-8-b.].
Yuqorida ta’kidlanganidek, bo’ylama pollar birinchi sug‘orish davrida hosil qilinsa, 
ko‘ndalang pollar esa har sug‘orish jarayonidan oldin hosil qilinadi va sug‘orishdan 
keyin g‘o‘za qator oralariga ishlov berishda buziladi (1-rasm). 
1-rasm. G‘o‘za qatorlari orasida bo‘ylama va ko‘ndalang
pollar hosil qilib sug‘orilgan dala
O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Buxoro filiali tomonidan 
fermer xo‘jaliklari uchun “Buxoro-6”, “Buxoro-8” va “Buxoro-102” o‘rta tolali 
g‘o‘za navlarini еtishtirish agrotexnikasiga doir ishlab chiqilgan tavsiyalarida 
g‘o‘zani sug‘orish jarayonida bo‘ylama va ko‘ndalang pollarning ahamiyati va unga 
qo‘yiladigan talablar keltirilgan [5.4-32-b.]. Unda ta’kidlanishicha, tuproq va iqlim 
sharoitiga ko‘ra tuprog‘i ma’lum darajada sho‘rlangan maydonlarda paxta 
еtishtirishda dalalarida bo‘ylama va ko‘ndalang pollar hosil qilinmagan dalalarda 
pol hosil qilingan dalalarga nisbatan quyidagicha farqlar kuzatiladi: 
1. Hosildorlik dalaning rel’efi va tekisligiga qarab 15-30 foizga kam bo‘lishi.
2. Suv sarfi 20-30 foizga yuqori bo‘lishi. 
3. Dala notekisliklarida sho‘r parchalarining hosil bo‘lishi. 
4. Dalada suvning yo‘nalishini nazorat qilish qiyinligi. 
5. Sug‘orish davomiyligi 1,5-2 kunga ortishi kabilardan iborat.
G‘o‘zani pollar bilan bo‘laklarga ajratib sug‘orishning bir necha afzalliklari mavjud: 
1. 
Maydon to‘liq va bir me’yorda sug‘orilishi ta’minlanadi. 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling