Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
142
UDK 574.637(475.3)
SUG‘ORISH DALALARIDA SUV-TUZ ALMASHUV JARAYONINI
MODELLASHTIRISHDAGI VAZIFALAR, EKSPERIMENTAL
USKUNALAR HAMDA TADQIQOT USLUBI.
R.O.Temirov ‘ – “Suv resurslaridan foydalanish va melioratsiya” kafedrasi
assistenti,”Toshkent irrigatsiya va qishloq qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni
boshqarish instituti
rutemirov2208@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada asosan Buxoro viloyati sharoitida o‘simlikni
еtishtirish hamda resurstejamkor sug‘orish texnologiyasini qo‘llash va sug‘orish
dalalarida suv-tuz almashuv jarayonini modellashtirishdagi vazifalar, eksperimental
uskunalar hamda tadqiqot uslubi haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Sug‘orish, suv-tuz almashinuvi, o‘simlik, mineral, azot, fosfor,
kaliy, rejim, modellashtirish, eksperimental uskunalar.
Arid hududlardagi sug‘oriladigan еrlarning suv-tuz rejimlarini boshqarish va
jarayon yo‘nalishini belgilashda so‘ngi yillarda matematik modellashtirish usullari
keng foydalanilmoqda. Bunda asosiy omillaridan
mintaqa ekologik muhitini
saqlash, turg‘unligini ta’minlash va turli meliorativ va agrotexnik jarayonlari bilan
qishloq xo‘jaligi ekini hosildorligiga bo‘lgan ta’siri orqali baholanadi.
Sug‘oriladigan еrlarning suv-tuz rejimlarini boshqarish va jarayon yo‘nalishini
belgilashda so‘ngi yillarda matematik modellashtirish usullarini qo‘llashning asosiy
mezonlari bo‘lib bu usulning nisbatan arzonligi bo‘lsa
ikkinchi tomondan, u
meliorativ jarayonni bashoratlashga va uning asosida
kerakli chora tadbirlar
majmuasini yaratishga imkon beradi. Bu esa fermerlar va tomorqa egalariga uzoq
vaqt turg‘un hosil olishga sharoit yaratadi.
Shuning uchun bizning nazariy va amaliy tadqiqotlarimizning
vazifalari
quyidagilardan iborat bo‘ldi:
- Sug‘orish dalasi sharotida suv-tuz almashuvi hisobi
uslubi va modellarini
o‘rganib, ularni takomillashtirish yo‘llarni aniqlash;
- Tanlangan fermer xo‘jaligida dala sharoitida suv-tuz
almashuvini hisoblash
kompyuter dasturi bo‘yicha modelga
solib uni kalibrovka qilish;
- Modeldan foydalanib turli sharoitlarda hisoblash eksperimentlarini o‘tkazish va
tavsiyalar ishlab chiqish.
Ushbu vazifalarni еchishda mavjud fond va
nashr etilgan adabiyotlarni
umumlashtirish va ilmiy tahlil qilish bilan birgalikda
laboratoriya va dala
tadqiqotlarni o‘tkazdik. Shuningdek jarayonni nazariy jihatdan o‘rganish maqsadida