Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
143 
gidrologik, gidrogeologik va tuproq-meliorativ jarayonlar dinamikasi va 
yo‘nalishini zamonaviy texnik moslamalar va matematik usullar yordamida 
monitoring qilish va modellashtirish ishlarni bajardik. 
Tuproqni suv xossalarini o‘rganish. Tuproqning suvni singdirishi va uni qatlamlarda 
yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga harakat ettirishi, shuningdek, bug‘latish 
qobiliyati tuproqning suv xossalari deyiladi. Tuproqning suv xossalari 
o‘simliklarning oziqlanishi va rivojlanishidagi eng muhim sharoitlardan 
hisoblanadi. Tuproqning havo va issiqlik xossalari ham suvning miqdoriga qarab 
o‘zgaradi. 
Har qanday tuproqda ozmi-ko‘pmi suv bo‘ladi. Tabiiy sharoitda mutlaqo quruq 
tuproq bo‘lmaydi. Yog‘inlar va sug‘orishlar natijasida tuproqda hosil bo‘lgan suv 
turli holatda va mayda zarralar bilan turli munosabatda bo‘ladi. 
Tuproq qatlamlari oralig‘idagi havo bilan birlikda harakat etayotgan bug‘simon suv 
sernam joydan nami oz joyga va issiq qatlamdan esa sovuq qatlam tomonga harakat 
qiladi. Ma’lum sharoitdagi kuchli bosim ta’sirida tuproq mayda zarrachalari 
yuzasiga singdirilgan gigroskopik suvning miqdori tuproqning tarkibiga, qatlamning 
namlik va issiqlik darajasiga qarab o‘zgarib turadi. Tuproq zarrachalari yuzasida 
ushlanib qolgan suv bug‘lari ko‘payib ketishi natijasida paydo bo‘lgan va suyuq 
holga o‘tgan parda suv qatlami, zarra yuzasidagina harakat etadi va qisman 
o‘simlikka singadi. Tuproq qatlamidagi nozik zarralar oralig‘ida paydo bo‘lgan 
kapillyar yo‘llarda pastdan yuqoriga erkin harakat etadigan kapillyar suvni o‘simlik 
ildizlari oson shimadi. Tuproq qatlamlari orqali ma’lum tezlikda yuqoridan pastga 
harakat etuvchi filtrlanuvchi suv ham o‘simliklar uchun foydalidir. Quyida 
tuproqning eng muhim suv xossalarini aniqlash usullari keltiriladi. 

Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling