Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Shurlanish 
darajasi 
Jami 
sug‘oriladigan 
yеrlar, ga 
Sho‘rlan 
magan, 
ga 
Kuchsiz, 
ga 
O‘rtacha, 
ga 
Kuchli, 
ga 
Juda 
kuchli, 
ga 
Maydoni, gektar 
tartibda 
22948,0 

13841,5 
7103,0 
1408,9 
594,6 
Maydoni, % 
tartibda 
100 

60,32 
30,95 
6,14 
2,6 
Romitan tumanida jami sug‘oriladigan еrlari 22948,0 gektar bo‘lib, shundan 
sho‘rlangani ko‘ra kuchsiz sho‘rlangani 13841,5 gektar, o‘rtacha sho‘rlangani 
7103,0 gektar, kuchli sho‘rlangani 1408,9 gektar, juda kuchli sho‘rlangani 594,6 
gektar maydonni tashkil etadi. 
O‘tloqi-allyuvial tuproqlarining xarakterli tomoni shundaki, ularning tarkibida 
gips uchrab turadi. Yuqorida keltirilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki gidromorf 
tuproqlarda еr osti sizot suvlarining yaqinligi asosan amal davrida 2,20-2,50 metrni 
tashkil qilgani, sho‘rlanishga sabab bo‘ladi. 
Ekinlarni sug‘orish tartibi tuproqning tuz rejimiga, ya’ni tuzlarning miqdori 
sizot suvlar tarkibiga hamda ularning tiplari sug‘oriladigan maydonlarda katta ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Sho‘rlanishi va ikkilamchi sho‘rlanishiga ta’sir etuvchi omillarning 
sug‘oriladigan tuproqlarda asosiysi, muntazam sug‘orish ishlarini olib borilishi va 


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
312 
sizot suvlarning еr osti harakati hisoblanadi. Sug‘orishga ayrim hollarda me’yordan 
ortiq suv sarflanadi. Sug‘orish jarayonida sizot suvlarning harakati boshqarilmaydi. 
Yerlarni qayta sho‘rlanishiga sabab, o‘rtacha va kuchli minerallashgan sizot suvlari 
еr yuzasiga yaqin joylashganda ildiz tarqalgan faol qatlamida ko‘p tuz to‘planadi. 
Har bir hududning sizot suvlari tartibini va ularning minerallashganlik darajalarini 
o‘rganish muhim. Yer osti sizot suvlarini mexanik tarkibi hamda sug‘orish 
jarayonida tuproq tipi boshqa xossalariga bog‘liq holda suv sarflansa, boshqarish 
tizimli yo‘lga qo‘yilsa, tuproqlarning sho‘rlanishi tumanlarda uchramaydi.
Tuproq tarkibidagi tuzlarning to‘planishida asosiy ko‘rsatgich, sizot 
suvlarining joylashish chuqurligi, daladan suvning bug‘lanishi hisoblanadi. Buxoro 
viloyatining qishloq xo‘jaligi uchun sizot suvlari sathining yil davomida o‘zgarib 
turishi muhim ahamiyatga ega.

Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling