Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
Download 7.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi
Tayanch so‘z va iboralar.Tuproq, ekologiya, pestitsidlar, mineral
o‘g‘itlar,biologik metod. O‘zbekiston Respublikasining 2017 - 2021 yillarda mo‘ljalllangan Harakatlar strategiyasida" Sug‘oriladigan еrlarni eroziyadan va melioratsiya obektlarini qum ko‘chishidan saqlash uchun ihota daraxtzorlarini barpo etish muhim azifalardan biri qilib belgilangan. Bu masalalarnig barchasi еrdan samarali foydalanish tuproqning sifati va ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha dolzarb vazifalardan hisoblanadi. O‘zbekiston Ruspublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoev 19 sentabrda BMT Bosh Assambleyasini 78 - sessiyasida o‘zlarining ma’ruzalarida Respublikamizning ekologik muammolarini birinchi o‘ringa qo‘ydilar. Yer – xalq boyligi, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi. Tuproqni unumdorligini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish ko‘p jihatdan unga ekologik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishda, uni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmuasiga kiradi. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining izchillik bilan jadallashtirish еr fondidan oqilona foydalanish, sug‘oriladigan har bir gektarining hosildorligini, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish bilan bog‘liq muammolar еchishini ishlab chiqarish g‘oyat katta ahamiyat kashf etadi. Bu borada tuproq unumdorligini saqlash, еng avvalo tuproqshunoslik mutaxassislari zimmasidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Tabiatshunos olimlar, ekologlar, tuproqshunoslar, melioratorlar, iqtisodchilar, huquqshunoslar tuproq qatlamining tez buzilib va ba’zida o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan talofatlardan, shuningdek keng tarqalayotgan tuproq inqirozi holatlaridan chuqur tashvishdatushib qolishgan, bu holatlarda jiddiy е’tibor berilmay kelingan, chunki tuproq qatlami еng avvalo dehqonchilik, suv va o‘rmon xo‘jaligida, sanoat, qurilish, transport, aloqa xo‘jaligida, geologiya qidiruv ishlari va boshqa mahsulot ishlab chiqarish uchun qabul qilinib kelingan, еrdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda qaratilgan qonunlar еtarli ishlamagan va takomillashtirilgan, natijada еr resurslaridan oqilona foydalanilmagan, meliorativ holati yaxshilanmagan, tuproqlar sho‘rlanishi, degumifikatsiyasi, eroziyasi, agroximikatlar va og‘ir metallar bilan bulg‘alanish, eng dolzarb masala bu tuproqni vilt bilan kasallanganligi, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi zaharli ximikatlar ishlatilishi, sahrolanish yoki o‘ta namlanishi, qishloq xo‘jalik bilan aloqador bo‘lmagan maqsadlar uchun еrlarni tejab termasdan ajratilishi va hokazolardan muhofaza qilinmagan va еrlar jadallik bilan tanazzulga yuz tutgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling