Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
80
qаytа ko‘milib zichlаnаdi. Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib quyidagi
tozalashning yangi texnologiyasi taklif qilinadi.
Yangi tехnоlоgiya bo‘yichа drеnаj quvurlаrini qurilish jаrаyonidа ulаrning
ichigа shnekli ishchi organiga ega bo’lgan zаnglаmаs materialdan tayyorlangan, faol
ish organli drеnаj quvurlаrini tоzаlаsh moslamasidаn fоydаlаnilаdi, ya’ni tоzаlаsh
vаqti kеlgаndа nаzоrаt qudug‘igа tushib drеnаj quvur ichidаgi mахsus tоzаlоvchi
mоslаmа o‘rаnаtilаdi. Mахsus qurilmа оrqаli quvur ichidаgi rezina yurish jihozi
yordamida hаrаkаt qilish оrqаli drеnаj quvurlаri tоzаlаnаdi. Tavsiya qilinayotgan
yopiq gorizontal drenaj quvurlarini tozalash moslamasi 2-rasmda keltirilgan.
a)
b)
2- rasm. Faol ish jihozli drenaj tozalovchi qurilma.
a) yon tomondan ko’rinishi b) umumiy ko’rinish.
Murakkab konstruksiyali ish jihoziga ega drenaj quvurlarini tozalovchi
qurilma. Drenaj quvurlarining ichida choʻkindi va har xil oʻtlar ildizlari bilan
toʻlganda qoʻllaniladi. Ishchi jihozi maxsus ramaga joylashtirilgan elektro
divigatelga oʻrnatilgan konussimon shnek shaklida boʻlib aylanma harakatni
elektrodivigateldan oladi ishchi jihozning ish jarayonidagi harakati davomida oldi
tomonidagi kichik tirqishlardan bosimli suv yuboriladi.
Suv oʻz navbatida joyidan qoʻzgʻatilgan choʻkindi aralashmaga aylantirib
qoʻshimcha quvur orqali nazorat qudug’idan tashqariga chiqarilib tashlanadi.
Konussimon shnekning orqa qismiga maʼlum uzunlikka ega boʻlgan shotka
oʻrnatilgan aylanuvchi baraban boʻlib, u shnek bilan birga aylanadi va drenaj
quvurlarining ichki qismini yuqori aniqlikda tozalanishini taʼminlaydi. Qurilmani
quvur ichida yurishini esda ramaga 120° burchak ostida oʻrnatilgan 3 ta oʻrmalovchi
yurish jihozi taʼminlab beradi oʻrmalovchi yurish jihozlarini yuza qismiga maxsus
vakum hosil qiluvchi rezinalar oʻrnatilgan boʻlib bu quvur ichki devorlariga
yopishib harakatlanishni taʼminlab beradi. Har bir yurish qismi uchun alohida
elektrodvigatel oʻrnatiladi.
Qurilmani quvur ichida ishlashini taʼminlash uchun elektr toki himoyalangan
kabel yordamida uzatiladi va boshqaruv ham nazorat qudug’i orqali amalga
oshiriladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqib shuni xulosa qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |