Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
95 
xo’jaliklari hisobidagi uzunligi 5707,5 km bo’lgan ichki ochiq va yopiq kollektor-
drenaj tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda, ularni texnik holatini soz saqlash uchun 
еrdan foydalanuvchilarga texnik yo’l yo’riq ko’rsatib, tegishli chora ko’rish uchun 
tavsiyalar berib boradi. 
Ekspeditsiya tomonidan amalga oshiriladigan еrlarning meliorativ holatini 
nazorat qilishishlari asosan еr osti sizot va bosimli suvlarining sathini o’lchab borish, 
ularning mineral tarkibini aniqlash, sug’orishda foydalaniladigan oqava suvlarining 
sifatini tekshirish hamda sug’oriladigan еrlardan chiqib ketayotgan sizot suvlarining 
minerallik darajasini aniqlash, shuningdek еrlarning sho’rlanish darajasini belgilash, 
sho’r yuvish samaradorligini aniqlash kabi ishlar asosida tuzilgan. Bulardan 
tashqari, viloyat sug’oriladigan еr maydonlaridagi barcha klaster va fermer 
xo’jaliklari hisobida turgan ichki, xo’jaliklararo va sug’oriladigan maydonlardan 
tashqaridagi katta suv tashlamalarining ishlash qobiliyatlarini nazorat qilib, ularni 
texnik holatini yaxshilash borasida tadbirlar ishlab chiqib, ularni amalga oshirilishini 
nazorat qiladi. 
Ekspeditsiyada viloyatdagi mavjud tik drenaj quduqlarining ishlash rejimini 
ishlab chiqib, yil davomida tegishli o’zgartirishlar kiritiladi va berilgan rejim asosida 
ishlashini nazorat qilib boradi. Shuningdek drenaj quduqlaridan kerakli holatlarda 
suv namunalari olib kimyoviy labaratoriyada tahlil qilinadi. Sug’oriladigan 
еrlarning meliorativ holatini baholash va kerakli tadbirlar ishlab chiqish uchun har 
bir tuman bo’yicha 1- aprel, 1- iyul hamda 1- oktyabr holatida еr osti sizot suvlari 
sathini joylashuvi va mineral tarkibi bo’yicha xaritalar tuziladi. 
Shuningdek, vegetatsiya davri oxiriga borib shu davrdagi еr osti sizot suvlari 
joylashuv chuqurliklarining o’rtacha qiymati bo’yicha xarita tuziladi va bu 
meliorativ kadastr tuzishda asosiy omil hisoblanadi. 
Meliorativ kadastr tuzishda har yilda bir marotaba barcha tumanlarda 
o’tkaziladigan еrlarni sho’rlanishi asosida tuzilgan sho’rlanish xaritasidan ham 
foydalaniladi.
Ekspeditsiyada amalga oshirilishi kerak bo’lgan gidrogeologik-meliorativ 
ishlarni to’laligicha va sifatli amalga oshirish maqsadida bo’limlar va bo’linmalar 
tuzilgan bo’lib, ular O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi hamda 
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizastiyalash muxandislari instituti 
qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti (ISMITI) maxsus 
qo’llanmalari asosida ish faoliyatlarini olib boradilar. 
Tuman melioratsiya bo’limlari sug’oriladigan еrlarning meliorativ holati 
to’g’risidagi ma’lumotlarni, kollektorlarni texnik holati va ularni tozalash ishlarini 
rejalashtirish, tik drenaj quduqlari ishini nazorat qilish hamda ularni ishlash grafik 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling